AGALMATOLIT, qoliptosh (Yunoncha agalma — bezak, haykal va lithos — tosh) — 1) pirofillit yoki talkning yashirin kristalli agregati; 2) kaolinit-dikkitning mayda tangachasimon agregatidan tuzilgan tog’jinsi. Dikkit qatlamchalari aralashgan bo’ladi. Rangi oq, oq-sarg’ish, sarg’ish-zangori. Pirofillit — agalmatolit, gidrotermal minerallar guruhiga kirib, ko’pincha kvarsitlar ichida uchraydi. Agalmatolitni ishlash oson bo’lganidan qadimdan har xil haykal, kuldon, qolip, mundshtuk va boshqa buyumlar yasaladi, shuningdek sanoatda o’tga chidamli material sifatida, asbobsozlik va elektrotexnikada foydalaniladi. Agalmatolit O’zbekistondagi Oqtosh, Chatqol va Qurama tog’larida uchraydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish