Agadir




Agadir  — Marokashdagi shahar, Atlantika okeani sohilidagi port. Agadir provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 700 ming kishidan ortiq. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Baliq konserva va sement ishlab chiqarish va boshqa korxonalari bor. Dengiz boʻyi turizmi va istirohat markazi. Shaharga 16-asrda asos solingan. A. 1911-yilgi xalqaro nizo — Marokashda Germaniya bilan Fransiyaning raqobati tufayli kelib chiqqan voqealar bilan mashhur. 1960-yil zilzilada shahar qattiq shikastlangan.



Adabiyotlar





















uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz