AFZALXON XATTAK (1687-1748) — afg’on tarixchisi va shoiri. Xattaklar avlodidan. Pushtu tilida ijod etgan. Xushholxon Xattakning nabirasi. Otasi Ashrafxon hijriy vafotidan keyin xattaklar xonligiga boshliq qilib tayinlangan. O’zining “Tarixi murassa'” (“Javohirdek mo’tabar tarix”) asarida xattaklar qabilasi tarixini yoritgan. Unda afg’on qabilalariga oid ko’pgina ma’lumotlar bor. Uning she’rlari etib kelmagan. Afzalxon Xattak “Kalila va Dimna”ni pushtu tiliga tarjima qilgan va unga o’zining ba’zi baytlarini kiritgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish