AFRODITA



AFRODITA — yunon afsonasida dastlab hosildorlik, keyinroq sevgi va go’zallik ma’budasi. Afrodita dengiz xudosi va dengiz sayohatchilarining homiysi ham edi. Afsonalarga qaraganda, Afrodita dengiz ko’pigida tug’ilgan, asosiy ibodatxonalaridan biri Qibris orolining pafos shahrida bo’lgan. Afroditaga sig’inish oldin kichik Osiyo, Qibris oroli va boshqa orollarda keng yoyilgan bo’lsa, keyinroq Bolqon yarim oroli va Yunonistonga tarqalgan. Afrodita qadimgi rimliklarda Venera deb yuritilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz