Afritada





Afritada  — sabzi, kartoshka, qizil va yashil bulgʻor qalampiri bilan pomidor sousida qovurilgan tovuq, mol goʻshti yoki choʻchqa goʻshtidan tayyorlangan Filippin taomi. U oq guruch bilan birga isteʼmol qilinadi. Bundan tashqari, taomga dengiz mahsulotlarini ham qo‘shish mumkin.




Etimologiya



Afritada nomi ispancha fritada („qovurilgan“) so‘zidan olingan.



Tavsif



Afritada — qovurilgan taom. Tayyorlash uchun avvalo sarimsoq, piyoz va toʻgʻralgan goʻsht qizargunga qadar qovuriladi. Goʻsht yetarlicha qizarib pishgandan soʻng, suv va tomat pastasi toʻgʻralgan sabzi, kartoshka, qizil va yashil bulgʻor qalampiri bilan birga tovaga quyiladi. Dilimlangan pomidor, noʻxat, loviya ham qoʻshilishi mumkin. Ta‘bga ko‘ra tuz, qora murch, dafna yaprogʻi va baliq sousi qo‘shiladi. Aralashma sabzavot pishguncha qaynatiladi.



Variantlar



Afritada taomning asosiy tarkibiy qismlariga qarab turli nomlarga ega. Eng keng tarqalganlari afritadang manok (tovuq afritadasi), afritadang baka (mol goʻshti afritadasi) va afritadang baboy (choʻchqa goʻshti afritadasi).


Afritada odatda hamonado uslubida pishiriladi (ananas boʻlaklari bilan). Ushbu shirin variant "ananas afritada " deb nomlanadi.



Shunga oʻxshash taomlar



Afritada Filippin menudosi va kalderetaga juda oʻxshaydi, chunki ikkalasi ham pomidor sousidan tayyorlanadi. Biroq, menudoga jigar, kalderetaga esa faqat echki goʻshti qo‘shiladi.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz