Afrikaning eng yaxshi futbolchisi mukofoti
Har yili Afrikaning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan
Afrikaning eng yaxshi futbolchisi mukofoti Afrika Futbol Konfederatsiyasi (CAF) tomonidan 1992-yildan beri eng yaxshi futbolchilarga beriladi. Undan oldin esa „Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi“ mukofoti France Football[2] jurnali tomonidan 1970-1994-yillarda berilgan edi.
Samuel EtoʻO va Yaya Toure eng koʻp sovrinni qoʻlga kiritgan (har biri 4 tadan gʻalaba). Didier Drogba ikki karra gʻolib boʻlgan, shuningdek, eng koʻp ikkinchi oʻrin (4), uchinchi oʻrin (3)ni olgan. (Jami 9 marta kuchli uchlik tarkibida boʻlgan). Fransiyada tugʻilgan Frederik Kanute, Riyad Mahrez va Per-Emerik Obameyang bu sovrinni qoʻlga kiritgan yagona Yevropada tugʻilgan futbolchilardir.
Gʻoliblar
France Football jurnalining Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi mukofoti (1970-1994)
France Football jurnalining mukofoti 1970-1994-yillardagi eng yaxshi afrikalik futbolchiga topshirildi. Mukofot 1995-yilda Yevropaning eng yaxshi futbolchisi (Oltin to‘p) Yevropa millatiga mansub bo‘lmagan futbolchilarga ochilgandan so‘ng to‘xtatildi, mukofot o‘sha yili George Weahga berildi. France Football jurnalining Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi mukofoti 1992-yildan beri Afrika Futbol Konfederatsiyasi tomonidan beriladigan "Afrikaning eng yaxshi futbolchisi" rasmiy mukofoti bilan almashtirilgan edi. Afrikaning eng yaxshi futbolchisi mukofotini qo`lga kiritishda kamerunlik futbolchilar yaqqol peshqadamlik qiladi. Jami hisobda kamerunlik futbolchilar 11 marta birinchi o`rin (g`olib - Afrikaning eng yaxshi futbolchisi), 8 marta ikkinchi o`rin va 12marta uchinchi o`rinni qo`lga kiritishan.
Afrika Futbol Konfederatsiyasi tomonidan beriladigan "Afrikaning eng yaxshi futbolchisi" mukofoti (1992-yildan hozirgi kungacha)
Bir nechta bor gʻolib boʻlgan futbolchilar roʻyxati
Mukofot sovrindorlari davlatlar kesimida
Mukofot sovrindorlari klublar kesimida
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org