AFRIKANERLAR
AFRIKANERLAR (burlar; gollandcha — “dehqon” so’zidan) — JARda yashovchi xalq. 18-asrda ko’chib kelgan golland, frantsuz va nemis mustamlakachilarining avlodlari, qisman mahalliy aholi bilan aralashib ketganlar. Afrikanerlarning umumiy soni 3 milliondan oshiq kishi (1992). German tillari guruhidagi afrikaans tilida so’zlashadi. Dindorlari xristianprotestantlar. Afrikanerlar dehqonchilik, chorvachilik bilan shug’ullanadilar. Afrikanerlar madaniyat va turmushlarida Yevropa normalariga rioya qiladilar.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz