AFRIKA O’YINLARI



AFRIKA O’YINLARI – xalqaro Olimpiya qo’mitasi shafeligidagi yirik mintaqaviy sport musobaqalari. 1965 yildan Afrika sporti Oliy kengashi (KSSA; 1965 yil Afrika sporti doimiy qo’mitasi o’rniga tuzilgan) tomonidan o’tkazib kelinadi. Bu Oliy kengashga 50 ga yaqin mamlakat a’zo (1989). Afrika o’yinlari dasturida basketbol, boks, kurash, velosport, voleybol, qo’l to’pi, dzyudo, yengil atletika, suvda suzish, futbol va sportning boshqa turlari bor.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz