Afrig'iylar




Afrigʻiylar yoki Varzamariylar  – Xorazmda IV—X asrlarda hukmronlik qilgan xorazmshohlar sulolasi. Asoschisi – Afrigʻ. 995-yil Afrigʻiylarning soʻnggi vakili Abu Abdulloh Muhammad raqibi Urganch amiri Maʼmun ibn Muhammad tomonidan asir olinib oʻldirilgan. Xorazm Urganch hokimiyati ostiga birlashgan. Maʼmun qadimgi xorazmshoh unvonini qabul qilgan. Milodiy 305-yilda Xorazmshoh Afrigʻ oʻz qarorgohini Xorazmning qadimgi Kat shahriga koʻchiradi. Kat qayta tiklanib, shoh oʻziga yangi saroy qurdiradi. 305-yildan boshlab, Xorazmning afrigʻiy shohlari kumush tangalar zarb etganlar. Tangalarining oldi tarafiga shoh surati, orqasiga esa suvoriy surati tushirilgan. Kumush tangalarning zarb etilishi mamlakatning ichki va tashqi savdo munosabatlarini mustahkamlagan. Hukmdorlar „Xorazmshoh“ unvoniga sazovor boʻlishgan. „Xorazmshohlar“ unvonini dastlab „Siyovushlar sulolasi“ tomonidan qabul qilingan. III asrda Xorazm hududida bir nechta mayda hokimliklar mavjud boʻlgan. Tuproqqalʼadan qoʻlida burgut qoʻndirilgan tojdor hukmdor yoki Anqaqalʼa yaqinidan esa qoʻlida lochin tutgan tojdor kishi tasviri tushirilgan tanganing topilishi, shubhasiz, hukmronlik ramzidan dalolat beradi. Xorazmda sugʻorma dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik va savdo-sotiq, ilm-fan, sanʼat, xususan, haykaltaroshlik yuqori darajada rivoj topgan. Xorazm xioniylar, kidariylar, eftallar hamda Turk xoqonligi davrida ham oʻzining siyosiy mustaqilligini saqlab qoladi. Xorazm Vizantiya va turklar bilan diplomatik aloqalar olib borgan.



Tarixi



Abu Rayhon Beruniy oʻzining „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ asarida Xorazm sulolalari haqida maʼlumot beradi: „Ular (Xorazm aholisi) bu yerda Iskandardan 980 yil oldin oʻtroq hayot kechira boshlashgan, keyin esa Kaykovusning oʻgʻli Siyovushning Xorazmga kelishi va u yerda Kayxusrav va uning avlodlari hukmronligi davridan boshlab, Xorazmga koʻchib oʻtgan va oʻz hokimiyatini „turklar saltanati“ gacha kengaytirgan yillarni inobatga olganlar“.


Xorazmning qadimgi podshohlaridan tanga chiqargan hukmdorlarning nomlari hozirgacha maʼlum. Ulardan biri milodiy I asrda hukmronlik qilgan Artavdir. Keyingi qirollardan Artramush (milodiy II asr oxiri – III asr boshlari), Vazamar (eramizning III asrining 2-yarmi) va boshqalar maʼlum.






995-yilda Maʼmun ibn Muhammad hokimiyat tepasiga kelib, poytaxti Koʻhna-Urganch boʻlgan yangi Xorazmshohlar sulolasi – Maʼmuniylar sulolasiga asos solganidan soʻng Afrigʻiylar sulolasining hukmronligi nihoyasiga yetdi.



Dini



Afrigʻiylar davrida Xorazmda zardushtiylik hukm surgan. Afrigʻiylar Abdulloh ibn Turksabasa davrida islomlashtirilgunga qadar (Xorazm 712-yilda mahalliy oʻzaro urushga aralashgan Qutayba ibn Muslim tomonidan musulmonlar taʼsiriga boʻysundirilgan)gacha zardushtiylikning xorazmcha versiyasiga eʼtiqod qilgani umumiy qabul qilingan. Taxminlarga koʻra, Xorazm hukmdorlari maʼbuda Ardvisura-Anaxitaga sigʻinishni rivojlantirgan, uning timsollari tasvirlari miloddan avvalgi II asrdan milodiy VII asrgacha boʻlgan tangalarda uchraydi.


Xorazmliklar oʻliklarning suyaklarini ossuariylarga dafn qilganlar. Xorazmda juda koʻplab turli ossuariylar topilgan boʻlib, ular orasida Oʻrta Osiyodagi eng qadimiylari (miloddan avvalgi V—IV asrlar boshi) ham mavjud. Zardushtiylik dogmatik din boʻlgan Sosoniylar Eronida deyarli hech qanday ossuariy yoki naus topilmagan. Bu anʼana Oʻrta Osiyo, yaʼni Xorazm zardushtiylariga xos boʻlgan.


Afrigiylar davrida tangalarda Baqtriya tuyasi ham tasvirlana boshlagan.



Hukmdorlar roʻyxati



Beruniy maʼlumotlariga koʻra, bu sulolaning 305-yildan 995-yilgacha jami 22 ta podshosi boʻlgan. Keyingi 160 yil davomida qadimgi Xorazm hukmdorlarining koʻp minglab tangalari topilgan va ulardagi nomlar kamyob boʻlib har doim ham uchramaydi. Ushbu topilmalar Beruniy maʼlumotlariga mos keladi. Tangalar: Tutuxas, Vir, Siyavsparsh, Bravik, Shram, Kanik, Savshafan va boshqa shu kabi xorazmshohlar tomonidan chiqarilgan.


Quyida Beruniyga koʻra Afrigʻiylar sulolasidan boʻlgan hukmdorlar roʻyxati keltirilgan:




Manbalar














uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Afrig‘iylar – qadimgi Shimoliy Afrika hududida yashagan va Afrikada Rim imperiyasi davrida joylashgan Afrigiy qirolichaligi asoschisi bo‘lgan yahudiylar sulolasi. Ular asosan hozirgi Tunis hududida joylashgan va miloddan avvalgi birinchi ming yillikning oxiri va milodiy birinchi ming yillikning dastlabki asrlarida faol bo‘lgan.

Afrig‘iylar qadimiy Afrikaning sharqiy qirg‘oqlarida yashagan, Miloddan avvalgi III-II asrlarda Afrikada, ayniqsa Tunis mintaqasida o‘z mustaqil qirolliklarini barpo etishgan. Ularning imperiyasiga Tunis va uning atrofidagi hududlar kirgan. Afrig‘iylar Rim imperiyasi bilan yaqin aloqalar o‘rnatgan, ba’zan Rimga qarshi kurashganlar, ba’zan esa ittifoqchilik qildilar.

Afrig‘iylar sulolasi yahudiylarning Afrikadagi eng muhim siyosiy kuchlaridan biri hisoblanadi. Ular o‘z davrida siyosiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda katta ta’sir ko‘rsatganlar. Afrig‘iylar qirolichaligi shimoliy Afrikaning mahalliy xalqlari bilan ham aloqada bo‘lgan va turli madaniy ta’sirlarni o‘zlashtirgan.

Xulosa qilib aytganda, Afrig‘iylar qadimgi Afrikaning shimoliy qismida yashagan, yahudiylar sulolasi tomonidan boshqarilgan va Rim imperiyasi davrida muhim siyosiy kuch bo‘lgan dastlabki qirolliklardan biridir. Ularning tarixi va madaniy merosi hozirgi Tunis hududida saqlanib qolgan.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz