Afoniya




Afoniya (yunoncha a — inkor qoʻshimchasi va phone — ovoz) — shivirlab gapirish qobiliyati saqlangani holda ovoz chiqmay qolishi. Afoniya turli kasalliklar: hiqildoq, nerv sistemasi, shuningdek organizmning umumiy kasalliklari belgisi boʻlishi mumkin. Chin, paralitik, funksional va spastik xillari bor. Ovoz boylamlarining yetarli yumilmasligi yoki tebranmasligi bilan kechadigan kasalliklarda (yalligʻlanish, rak va hokazo) chin Afoniya roʻy beradi. Hiqildoq nervi faoliyatining bir tomonlama buzilishi (qalqonsimon bez operatsiyasi va boshqalar), nerv kasalliklari paralitik Afoniyaga sabab boʻlishi mumkin. Odatda, asabiy bemorlarda ovoz boylamlarini harakatlantiruvchi nerv mexanizmlarining vaqtincha tormozlanishi, ruhiy iztirob, qoʻrqish va boshqa natijasida funksional Afoniya yuzaga keladi. Halqum va hiqildoq shilliq qavatiga oʻyuvchi kimyoviy moddalar taʼsir etishi va boshqa spastik Afoniyaga sabab boʻladi.



Manbalar




Havolalar















Afoniya
Afoniya [yun. a — inkor qoʻshimchasi va phone — ovoz] — shivirlab gapirish qobiliyati saklagani holda ovoz chiqmay qolishi. Afoniya turli kasalliklar: hiqildoq, nerv tizimi, shuningdek, organizmning umumiy kasalliklari belgisi boʻlishi mumkin. Chin, paralitik, funksional va spastik xillari bor. Ovoz boylamlarining etarli yumilmasligi yoki tebranmasligi bilan kechadigan kasalliklarda (yalligʻlanish, rak va h. k.) chin afoniya roʻy beradi. Hiqildoq nervi faoliyatining bir tomonlama buzilishi (qalqonsimon bez operatsiyasi va boshqa(lar)), nerv kasalliklari paralitik afoniyaga sabab boʻlishi mumkin. Odatda, asabiy bemorlarda ovoz boylamlrini harakatlantiruvchi nerv mexanizmlarning vaqtincha tormozlanishi ruhiy iztirob, qoʻrqish va boshqa(lar) natijasida funksional A. yuzaga keladi. Halqum va hiqildoq shilliq qvatiga oʻyuvchi kimyoviy moddalar taʼsir etishi va boshqa(lar) spastik A. ga sabab boʻladi.



Manbalar



Rasuleva Nafisa Doniyor qizi









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz