AFINA, QADIMGI AFINA— Yunoniston (hozirgi Gretsiya) tarixi va madaniyatida muhim ahamiyatga ega bo’lgan shahardavlat (polis). Afina Yunonistonning Attika deb atalgan tog’li joyida vujudga kelgan. Arxeologik ma’lumotlarga ko’ra, bu joylarda odamlar neolit davridan boshlab yashagan. Attikaliklar Afina ma’budiga sajda qilganlar. Attikadagi qishloqlar birlashib Afina shahri vujudga kelgan (miloddan avvalgi 9-8-asrlar). Bu vaqtda (Gomer davri) harbiy demokratiya susayib, urug’chilik munosabatlari yemirila boshlagan edi. Hokimiyatni urug’ aristokratlari (evpatridlar) boshqarardilar. Miloddan avvalgi 7-asrda Afinada evpatridlar siquvi kuchayib dehqonlar ahvoli og’irlashgan edi. Miloddan avvalgi 594 yilda savdogarlar aristokratiyasidan Solon arxont (hokim) bo’ldi. U Afinada ijtimoiy-siyosiy tuzumni tubdan o’zgartiradigan islohotlar o’tkazdi. Qarzlarni bekor qildi, qarz tufayli qul qilib sotishni taqiqladi, urug’chilik munosabatlariga uzil-kesil zarba berdi. Siyosiy huquq va lavozimlar kishilarning mol-mulkiga qarab belgilanadigan bo’ldi. Aristokrat naslidan bo’lgan Pisistrat o’z tarafdorlari va yollanma askarlariga tayanib, miloddan avvalgi 560 yilda o’zini Attika dehqonlarining dohiysi deb e’lon qildi va Afinaning mustabid hokimi bo’lib oldi. Pisistrat o’ziga qarshi bo’lgan aristokratlarning yerlarini tortib olib dehqonlarga ulashib berdi, ularga davlat hisobidan pul qarz berishni joriy etdi. Pisistrat davrida Afinada savdo munosabatlari rivojlandi, ibodatxona va boshqa qasrlar qurildi, suv quvuri o’tkazildi. Pisistrat va uning o’g’illari saroyga eng yaxshi adiblarni to’pladilar. Gomerning “Odisseya” va “Iliada” asarlari yozib olindi. Afinada dastlabki teatr vujudga keldi. Pisistrat vafot etgandan so’ng (miloddan avvalgi 527 yil) hokimiyat uning o’g’illari Gippiy va Gipparxga o’tdi. Lekin mustabid hokimlik uzoq davom etmadi. Gipparx fitnachilar tomonidan o’ldiriddi, Gippiy esa hokimiyatdan haydaldi (510 yil). Yirik savdogar va hunarmandlar vakili Klisfen xalq qo’zg’oloniga boshchilik qilib, hokimiyatni qo’lga oldi (508 yil). U to’rtta urug’chilik okrugi o’rniga o’nta hududiy okrug tashkil etdi. Shu bilan urug’chilik jamoasi tuzumining so’nggi qoldiqlariga barham berildi. Miloddan avvalgi 5-asr boshida yunon-fors urushlari boshlandi. Marafon jangiva (miloddan avvalgi 490 yil) yunonlar forslarga qattiq zarba berdilar. 480 yil Kserksning juda katta qo’shini Bolqon yarim oroliga bostirib kirdi. Salamin oroli yonidagi dengiz jangida yunonlar g’alaba kildilar. Afinada Egey dengizi davlatlarining birlashuvidan iborat Delos Ittifoqi tuzildi. Bu ittifoq keyinroq Afinaning dengizdagi hukmronligini ta’min etdi. Afinadan tashqariga vino, zaytun moyi, turli hunarmandchilik bu yumlari chiqarilar, chetdan asosan, qullar, g’alla va yog’och keltirilar edi. Afinada Perikl davri (miloddan avvalgi 5-asr o’rtalari) qadimgi quldorlik demokratiyasining namunasi edi. Perikl qonuni bo’yicha hamma ozod aholi ishtirok etadigan Xalq Majlisi — oliy organ hisoblanar va u barcha muhim davlat ishlarini muhokama qilardi, chek tashlash yo’li bilan saylanadigan 500 lar kengashi davlatning ma’muriy-nazorat organi hisoblanar, ijro etuvchi oliy hokimiyat 10 strateg kollegiyasi qo’lida edi. “Perikl oltin asri” deb atalgan yillar Afina madaniyatining eng yuksak darajada taraqqiy etgan davri bo’ldi. Bu davrda Afinada tarixchi Gerodot, faylasuf Anaksagor, haykaltarosh Fidiy, Esxil, Sofokl va Evripid kabi adiblar yashagan, katta-katta imoratlar — qasrlar vujudga kelgan. Me’morchilik ustalari — Iktin va Kallikratlar Fidiy rahbarligida Afina ma’budasi ibodatxonasi — Parfenott bunyod etganlar. Bu qasr qadimgi me’morlik madaniyatining eng yaxshi namunalaridan biri bo’lib qoldi. O’sha vaqtlarda Afina yozuvchilarining tili (Attika lahjasi) keng tarqalgan va ellinistik davlatlarda adabiy til hisoblangan. Periklning butun Yunonistonni Afinaga bo’ysundirishga qaratilgan tashki siyosati yunonlar davlatidagi boshqa guruhlarning qarshiligiga duch keldi. Bu guruhlar orasida Sparta boshchiligidagi Peloponnes Ittifoqining e’tibori baland edi. Peloponnes Ittifoqi demokratik tartibga qarshi oligarxiya tartibini yoqlab chiqdi. O’rtadagi qarama-qarshilik butun Yunoniston uchun halokatli bo’lgan Peloponnes urushini (miloddan avvalgi 431-404) keltirib chiqardi. Urushda mag’lubiyatga uchragan Afina o’zining Yunonistonda tutgan yetakchilik mavqeini yo’qotdi. Lekin bu mag’lubiyatdan so’ng ham Afina davlati yana ancha vaqtgacha qadimgi dunyo madaniyatining eng yirik markazlaridan biri bo’lib keldi. Miloddan avvalgi 338 yil Makedoniya podshosi Filipp II Xeroneyadagi jangdan so’ng Yunonistonni o’ziga bo’ysundirdi. Afina bilan Rim imperiyasi o’rtasidagi do’stlik munosabatlari miloddan avvalgi 88 yilgacha davom etib keldi. 86 yilning 1-martida rimliklar Afinani bosib oldilar, ko’pgina bino va qasrlar vayron qilindi. Ammo Rim sarkardasi Sulla Afinaning o’tmishdagi shuhratini e’tiborga olib, unga “ozodlik” in’om etdi. Miloddan avvalgi 27 yil butun Yunoniston Rim imperiyasining mustamlakasiga aylandi. Shunda ham Afina o’z-o’zini mustaqil idora etar, Rim noibiga itoat etmas, soliq to’lamas edi. Afina ilmiy va madaniy markaz sifatidagi ahamiyatini yo’qotmadi, badavlat rimliklar shu yerga kelib ma’lumot olar edilar. Rim imperatorlarining ba’zilari, ayniqsa, Adrian Afinaga alohida ahamiyat berib, unda ko’rkam imorat, ibodatxonalar qurdirgan, kutubxona va gimnaziyalar tashkil etgan. Milodiy 3-asrdan varvarlar istilosi boshlangandan keyin Afina uzil-kesil tanazzulga yuz tutdi. Vizantiya imperiyasi barpo etilishi bilan Afinalagi san’at va madaniyatning buyuk yodgorliklari Konstantinopolga olib ketildi. 529 yilda Vizantiya imperatori Yustinianning buyrug’iga binoan Afinada oxirgi maktablar yopildi. Shu bilan qadimgi Afina madaniy tarixi tugadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Sun'iy intellekt javobi:
Afina — Gretsiyaning qadimiy poytaxti va eng muhim shahri hisoblanadi. U Oliy Yunoniston madaniyati, siyosati, ilm-fani va san’ati markazi bo‘lgan. Afina tarixda ko‘plab yuksakliklarga erishgan, ayniqsa qadimgi Yunoniston davrida, miloddan avvalgi 5-asrda, o‘zining "oltin asri"ni boshdan kechirgan.
Qadimgi Afina tarixi
Afina miloddan avvalgi 3000 yillarga borib taqaladigan tarixga ega. U qadimgi davrlarda kichik shahar-davlat (polis) sifatida paydo bo‘lgan. Dastlabki tartibda Afina monarxiya bilan boshqarilgan, so‘ngra aristokratik jamiyat shaklini olgan.
Miloddan avvalgi 6-asrda Sola qonunchisi Cleisthenes demokratiya asoslarini yaratgan, bu esa Afinani dunyodagi birinchi demokratik davlatga aylantirgan hisoblanadi. Afinada fuqarolar o‘z ishlariga bevosita ta’sir ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lgan.
Afina madaniyati va san’ati
Afina qadimgi Yunonistonning san’at, madaniyat va ilm-fan markazi edi. Filosoflar Sokrat, Platon va Aristotel kabi ulug‘ olimlar aynan Afinada yashagan va ishlagan. Shuningdek, dramatik san’at rivojlangan bo‘lib, Sofokl, Evripid kabi dramaturglar aynan Afinadan chiqqan.
Afina me’morchiligi ham mashhur bo‘lib, Parfenon ibodatxonasi ayniqsa mashhurdir. Bu ibodatxona Afina shahrining Asil Diva Afina xotirasiga bag‘ishlangan.
Afina siyosati va ijtimoiy hayoti
Afina demokratik boshqaruv tizimi va fuqarolik huquqlari bilan ajralib turardi. Fuqarolar yig‘inlarida erkaklar ishtirok etib, siyosiy qarorlar qabul qilar edi. Ayollar, qullar va chet elliklar siyosiy huquqlarga ega bo‘lmagan.
Afina o‘zining kuchli dengiz flotasi va savdo tarmog‘i bilan ham tanilgan. Bu mamlakat iqtisodiy jihatdan ham kuchli bo‘lib, O‘rta yer dengizi hududida o‘z ta’sir doirasini kengaytirgan.
Xulosa
Qadimgi Afina insoniyat tarixida katta ahamiyatga ega bo‘lgan madaniy-markaz hisoblanadi. Uning demokratik boshqaruvi, san’ati, ilm-fani va madaniyati bugungi davrga qadar ta’sir ko‘rsatmoqda. Afina qadimgi bilim va madaniyatning markazi sifatida dunyo tarixida muhim o‘rin egallaydi.
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish