AFINA (AFINA PALLADA) — yunon afsonalaridagi urush va g’alaba, san’at va hunarmandchilik, bilim va donolik ma’budasi. Zevsning qizi. Zevsning boshidan to’la qurollangan holatda (dubulg’a va sovut bilan) tugilgan. Afina shahrining homiysi. Rim afsonasidagi Minervaga mos keladi. Yunon san’atining nodir yodgorligi bo’lgan Afinadagi Parfenon ibodatxonasi oldiga Afinaning Jasur qiz shaklida tasvirlangan kata haykali qo’yilgan. Afina shahriga bu ma’budaning nomi qo’yilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish