Afgʻonistonning maʼmuriy boʻlinishi
Afgʻoniston ma’muriy-hududiy jihatdan 34 ta
viloyat ga (ولايت, wilåyat) boʻlinadi. Viloyatlar ham oʻz navbatida tumanlarga boʻlinadi.
Viloyatlar Afgʻoniston prezidenti tomonidan tayinlangan hokimlar tomonidan boshqariladi. Parlament yuqori palatasida har bir viloyatdan ikki nafardan vakil boʻladi. Ulardan biri viloyat kegashi tomonidan toʻrt yil muddatga, ikkinchisi tuman kengashlari tomonidan uch yil muddatga saylanadi. Umumiy palata (parlament quyi palatasi)ga deputatlar tumanlardan saylanadi. Har bir viloyatdan saylangan deputatlardan kamida ikkitasi ayol kishi boʻlishi kerak. Ular Afgʻoniston prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Afgʻoniston ma’muriy-hududiy boʻlinishi
Afgʻonistonning sobiq viloyatlari
•
Janubiy viloyat – 1964 – yilda tugatiladi va oʻrnida Paktiya viloyati tashkil etildi.
•
Afgʻon Turkistoni viloyati – 1929 va 1946 – yillarda boʻlib yuboriladi.
•
Qatagʻon-Badaxshon viloyati – 1963 – yilda Badaxshon va keyinchalik oʻsha yilning oʻzida boʻlib yuborilgan Qatagʻon viloyatlariga boʻlib yuboriladi.
•
Qatagʻon viloyati – 1963 – yilda Bagʻlon, Qunduz hamda Toxar viloyatlariga boʻlib yuboriladi.
•
Sharqiy viloyat – 1964 – yilda tugatiladi va oʻrnida Nangarhor viloyati tashkil etildi.
•
Farah-Chakansur viloyati – 1964 – yilda Farah va Nimroʻz viloyatlariga boʻlib yuboriladi.
•
Mozori Sharif viloyati – 1964 – yilda Balx va Juzjon viloyatlariga boʻlib yuboriladi.
•
Maymana viloyati – 1964 – yilda Badgʻis va Faryob viloyatlariga boʻlib yuboriladi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org