Affillangan shaxslar




Affillangan shaxslar (affiliated persons, affiliate- qoʻshmoq, boʻgʻlamoq soʻzlaridan) — xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar faoliyatiga yuridik ahamiyatga ega harakatlar vositasida yohud biror bir fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida taʼsir oʻtkaza olish imkoniyatiga ega boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar.
Shaxs qonun hujjatlariga muvofiq affillangan deb hisoblanadi. Jamiyatning affillangan shaxsi jamiyatning oʻzlariga qarashli aksiyalari toʻgʻrisida ularning soni va turlarini koʻrsatgan holda aksiyalar sotib olingan sanadan eʼtiboran kechi bilan oʻn kun ichida jamiyatni yozma ravishda habardor qilishlari shart (Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi OʻzR Qonunining 109-moddasi).



Manbalar










uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz