AFC U-23 Osiyo chempionati 2022
Futbol boʻyicha U-23 Osiyo chempionati — 5-marta oʻtkaziladigan 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi (2021-yilgacha AFC U-23 chempionati nomi bilan atalgan). Osiyo futboli konfederatsiyasi tomonidan ikki yilda bir marta oʻtkaziladigan yosh cheklovlari boʻyicha xalqaro futbol chempionati. Osiyoning 23 yoshgacha boʻlgan erkaklar terma jamoalari qatnashishi mumkin.
Musobaqa dastlab Oʻzbekistonda 2022-yilning 6–24-yanvar kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi, biroq COVID-19 pandemiyasi sababli qoldirildi va 2022-yilning 1–19-iyuniga koʻchirildi. Turnirda jami 16ta jamoa qatnashdi. Janubiy Koreya amaldagi chempion boʻlib hisoblanadi.
Mezbonni tanlash
Dastlab, Xitoy 2023-yilgi Osiyo Kubogi oldidan tayyorgarlik musobaqasi sifatida ushbu musobaqaga mezbonlik qilishi belgilangan edi. Lekin 2020-yil oktabr oyida tanlash boʻyicha kelishmovchiliklar, stadionni tugatish muddatlari sababli va COVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan muammolardan soʻng Xitoy turnirni oʻtkazishdan voz kechdi. 2021-yil 18-mart kuni OFK bekor qilingan AFC U-19 musobaqasiga tayyorgarliklarni va stadionlar holatini oʻrgangan holda, musobaqaga Oʻzbekiston mezbonlik qilishini e’lon qildi.
Saralash
Saralash oʻyinlari 2021-yilning 23-oktyabridan 2-noyabriga qadar oʻtkazildi.
Kvalifikatsiyalangan jamoalar
Oʻtkazish joylari
Hakamlar
Turnir oʻyinlarini quyidagi hakamlar va yordamchi hakamlar boshqarib borishadi. Ushbu turnirda hakamlarga videoyordamchilar ham ajratilgan.
Hakamlar
Yordamchi hakamlar
Guruhlar
16ta jamoa 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi 2020-yilgi Osiyo chempionatidagi natijalariga koʻra, toʻrtta jamoadan iborat toʻrt savatchaga boʻlindi. Jamoalarni tanlash marosimi “Bunyodkor” stadionida 17-fevral, soat 12:00da boʻlib oʻtdi.
Oʻyinchilar
1999-yil 1-yanvarda yoki undan keyin tugʻilgan oʻyinchilar musobaqada qatnashishlari mumkin. Har bir jamoa kamida 18 nafar va koʻpi bilan 23 nafar oʻyinchidan iborat tarkibni roʻyxatdan oʻtkazishi kerak, ulardan kamida uchtasi darvozabon sifatida tanlanishi kerak (reglamentning 26.3-moddasi).
Guruh bosqichi
Har bir guruhning eng yaxshi ikki jamoasi chorak finalga yoʻl oladi.
Taybreykerlar
Jamoalar ochkolar boʻyicha (gʻalaba uchun 3 ochko, durang uchun 1 ochko, magʻlubiyat uchun 0 ochko) tartiblanadi va agar ochkolar boʻyicha teng boʻlsa, reytingni aniqlash uchun berilgan tartibda quyidagi taybrek mezonlari qoʻllaniladi (reglamentning 9.3-moddasi):
Oʻyinlar vaqti
Hammva oʻyinlar Toshkent vaqtida koʻrsatilgan:
A guruhi
B guruhi
C guruhi
D guruhi
Finalga chiqish bosqichi
Tanlov
Chorak final
Yarim final
Uchinchi oʻrin uchun oʻyin
Final
Gʻolib
Mukofotlar
Musobaqa soʻngida ushbu mukofotlar oʻz egalariga topshirildi.
Toʻpurarlar
Turnir jadvali
Futbol boʻyicha statistik konvensiyaga koʻra, qoʻshimcha vaqtda hal qilingan oʻyinlar gʻalaba va magʻlubiyat, penaltilar seriyasi bilan hal qilingan oʻyinlar esa durang deb hisoblanadi.
Izoh
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org