AFC Osiyo kubogi 2015 finali
AFC Osiyo kubogi 2015 finali 2015-yilning 31-yanvarida Avstraliyaning Sidney shahridagi Avstraliya stadionida mezbon Avstraliya terma jamoasi hamda Janubiy Koreya terma jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Avstraliya terma jamoasi 2-1 hisobi bilan gʻolib chiqdi va 2017-yili Rossiyada boʻlib oʻtadigan Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etadigan boʻldi.
Janubiy Koreya terma jamoasi AFC Osiyo kubogi musobaqalari finaliga 5 marta yetib kelgan, shulardan 1972, 1980 va 1988-yillari 2-oʻrinni egallagan, ikki marta 1956 va 1960-yillari chempionlikni qoʻlga kiritgan. Avstraliya terma jamoasi esa 2006-yili Okeaniya Futbol Konfederatsiyasidan Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga oʻtganidan beri faqat 2011-yilgi Osiyo chempionati finaliga qadar yetib kelgan.
Oʻyindan oldin
Final uchrashuvi uchun chiptalar AFC vebsayti orqali 2014-yil 3-iyundan boshlab sotuv chiqqan edi. 76,000ta oʻrindiqlar final uchrashuvi uchun ajratildi, hamda, tahminan 7,000ta oʻribdiq omaviy axborot vositalari va boshqa partiyalar uchun ajratildi. Chipta narxlari 39 dollaridan 150 dollargacha boʻldi. 40,000ta chiptalar Avstraliyaning yarim finaldagi oʻyiniga qadar sotib boʻlingan edi, Avstraliyaning gʻalabasidan keyin qariyb ikki soat ichida 10,000ta chipta yana sotildi.
Eronlik Alireza Faghani final uchrashuvini boshqarib bordi, unga qanotlardan hamyurtlari Reza Sokhandan va Mohammad Reza Abolfazli yordam berishdi. Bu uchta hakam ushbu chempionatda bungacha 4ta oʻyinni boshqardi, shulardan, Saudiya Arabistoni - Xitoy, Quvayt - Janubiy Koreya, Iroq - Yaponiya hamda chorak finalda Yaponiya - Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasidagi uchrashuvlarni boshqardi. Faghani bundan oldin bir qancha nufuzli xalqaro musobaqalar finallarini boshqargan, shulardan, AFC Prezident kubogi 2009 finali, AFC Chaqiruv kubogi 2010 finali va AFC Chempionlar ligasi 2014 finali uchrashuvlarini boshqargan.
Uchrashuvdan oldin musobaqaning yopilish marosimi Avstraliya stadionida boʻlib oʻtdi. Yopilish marosimida, Avstraliyalik DJ, qoʻshiqchi va raqqosalar, xonanda Havana Brownlar oʻz chiqishlarini ijro etdilar.
Finalgacha bosib oʻtilgan yoʻl
Mavzu haqida koʻproq maʼlumotlarni AFC Osiyo kubogi 2015 sahifasidan olishingiz mumkin.
Batafsil
Statistikalar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org