AFC Osiyo kubogi 2015
AFC Osiyo kubogi 2015 Osiyo kubogining 16-musobaqasi hisoblanadi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) tomonidan xalqaro futbol musobaqasi sifatida oʻtkazilib kelinadi. Avstraliya 2015-yilning 9-yanvardan 31-yanvargacha ilk bora bu turnirga mezbonlik qildi. Avstraliya terma jamoasi finalda Janubiy Koreya terma jamoasini qoʻshimcha vaqtlarda 2-1 hisobida magʻlub etib, chempionat gʻolibi boʻldi va 2017-yilgi Rossiyada boʻlib oʻtadigan Konfederatsiyalar kubogida qatnashadigan boʻldi.
Avstraliya 2011-yilning 5-yanvarida rasman musobaqaning mezboni deb eʼlon qilindi. Musobaqa oʻyinlari beshta shaharning (Brisben, Kanberra, Melburn, Nyukasl va Sidney) beshta turli oʻyingohlarida boʻlib oʻtdi. Bu musobaqaga Avstraaliya ilk bora mezbonlik qildi, hamda, ushbu musobaqa ilk bora Osiyo qitʼasidan tashqari boshqa qitʼada boʻlib oʻtdi. Mezbon sifatida, Avstraliya musobaqada bevosita ishtirok etdi, qolgan 15 jamoa (Yaponiya va Janubiy Koreyadan tashqari, chunki ular oʻtgan Osiyo kubogi sovrinlariga ega boʻlib, yoʻllanmalarni avvaldan qoʻlga kiritgan) 2013-yilning fevralidan 2014-yilning mart oyiga qadar boʻlib oʻtadigan va 44ta jamoa ishtirok etadigan saralash bosqichi orqali saralandi.
Mezbon davlatni tanlash
Avstraliya Mezbonlik huquqiga yagona davogar davlat edi va 2011-yil 5-yanvarda bu rasman tasdiqlandi.
„Shuni maʼlum qilamizki, Avstraliya Futbol Federatsiyasining saʼy harakatlarini inobatga olgan holda, musobaqaga mezbonlik qilish ishtiyoqi balanligi va futbol infrastrukturasi rivojlanayotgan davlat sifatida, qadamba qadam mezbonlik qilish uchun oʻzida ishonchi oshib borishi va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ham bunga rozilik bildirgani tufayli Avstraliya davlatini 2015-yilgi Osiyo kubogiga mezbonlik qilishga qodir davlat deb tan olamiz va men bundan bagʻoyatda xursandman“ degan edi OFK prezidenti, Muhammad bin Hammam
Saralash
Osiyo kubogi 2011 AFC musobaqasining birinchi, ikkinchi va uchunchi oʻrinini olgan jamoalar va 2015-yilgi musobaqa mezboni final bosqichga toʻgʻridan toʻgʻri yoʻllanma olishgan. Mezbon jamoa 2011-yilgi musobaqada 2-oʻrinni olgani uchun, 4ta avtomatik oʻrin toʻlmadi. Keyin AFC Chaqiruv kubogi shu boʻsh oʻrin uchun futboli rivojlanib kelayotgan uyishmalar oʻrtasida bellashuv oʻtkazib gʻolib jamoani final bosqichiga toʻgʻridan toʻgʻri chiqish huquqini qoʻlga kiritadilar.
2012-yilgi va 2014-yilgi Osiyo chaqiruv kubogi gʻoliblari 2015-yilgi Osiyo kubogi final bosqichiga toʻgʻridan toʻgʻri yoʻllanma olishadi. Qolgan oʻrinlar Osiyo kubogiga saralash bosqichida ishtirok etadigan jamoalar uchun boʻsh boʻlib qolmoqda. Osiyo Futbol Konfederatsiyasi qaroriga koʻra 20 ta terma jamoa saralash bosqichiga jalb etildi va ular 4 tadan 5 ta guruhga boʻlindilar. Har bir guruhning 1 va 2-oʻrinlari hamda 5 ta guruh ichidagi eng yaxshi natijaga ega boʻlgan 1 ta 3-oʻrin final bosqichga yoʻllanma olishadi.
Saralangan jamoalar
Quyidagi 16ta terma jamoalar musobaqaga saralandilar.
Qalin raqamlarda yozilganligi oʻsha yili chempion boʻlganligini bildiradi.
Oxirgi qurʼa
Musobaqa uchun qurʼa tashlash 2014-yilning 26-martida Sidney opera teatrida boʻlib oʻtdi. 16ta terma jamoalar guruh bosqichi uchun 4ta guruhlarga ajratildi. Jamoalar 4ta savatchalarga 2014-yil mart oyidagi FIFA reytingida tutgan oʻrniga qarab taqsimlandi, Avstraliya mezbon sifatida avtomatik tarzda 1-savatchaning A1 pozitsiyasidan oʻrin egalladi. Qurʼa vaqtida AFC Chaqiruv kubogi 2014 musobaqasi gʻolibi aniqlanmagan edi, shu bois uning oʻrni toʻgʻridan toʻgʻri 4-savatchaga joylandi.
Maydonlar
Stadionlar
2015-yilgi Osiyo kubogi uchun 5 ta Sidney, Melburn, Brisben, Kanberra va Nyukasl mezbon shaharlar va 5 ta maydonlar 2013-yilning 27-martida eʼlon qilindi.
Sidney
Nyukasl
Brisben
Avstraliya stadioni
Nyukasl stadioni
Suncorp stadioni
Sigʻimi:
84,000Sigʻimi:
33,000Sigʻimi:
52,500Fayl:Suncorpstadium071006-asrJPG
Kanberra
Brisben
Nyukasl
Sidney
Kanberra
Melburn
Kanberra stadioni
Sig'imi:
25,011Melburn
Melburn toʻrtburchakli stadioni
Sig'imi:
30,050 Chiptalar
Chiptalar Osiyo Futbol Konfederatsiyasi rasmiy veb-sayti orqali sotildi yoki 16ta finalchi jamoalar assotsiatsiyalari tomonidan taqsimlandi. 31ta oʻyinga 500,000 dona chiptalar sotuvga chiqarildi. Musobaqa davomida 45,000 dan ortiq xorijiy sayyohlar tashrif buyurishi bashorat qilindi. Chiptalar 15 dollardan (guruh oʻyinlarida darvozani orqa qismidagi oʻrindiqlar uchun) 150 dollargacha (final uchrashuvida asosiy oʻrindiqlar uchun) farq qiladi. Alohida oʻyin chiptalari bilan bir qatorda muhlislar bitta mahsus oʻyingohda boʻlib oʻtadigan barcha oʻyinlarni tomosha qilish uchun paketlarni sotib olish huquqiga ega boʻldilar.
Terma jamoa tayanch lagerlari
Oʻyinlar orasida har bir terma jamoa oʻz tayanch lagerlariga ega boʻlishadi. 27ta potensial joylarning ilk roʻyxatidan, milliy assotsiatsiyalar 2014-yilda oʻz joylarini tanlab olishgan edi. Turnir davomida jamoalar oʻsha joylarda mashgʻulotlar oʻtkazishadi va yashashadi, oʻyinlarga oʻz joylaridan sayohat qilishadi.
Jamoa
Yetib kelish
Oxirgi oʻyin
Tayanch lageri
Guruh bosqichi maydonlari
ChF maydonlari
YF maydonlari
Final maydoni
Avstraliya
29-dekabr
31-yanvar
Sidney
Melburn, Sidney & Brisben
Brisben
Nyukasl
Sidney
Bahrayn
22-dekabr
19-yanvar
Ballarat[17]
Melburn, Kanberra & Sidney
—
—
—
Xitoy
29-dekabr
22-yanvar
Sidney
Brisben & Kanberra
Brisben
—
—
Eron
31-dekabr
23-yanvar
Sidney
Melburn, Sidney & Brisben
Kanberra
—
—
Iroq
1-yanvar
30-yanvar
Kanberra
Brisben & Kanberra
Kanberra
Sidney
Nyukasl
Yaponiya
3-yanvar
23-yanvar
Cessnock
Nyukasl, Brisben & Melburn
Sidney
—
—
Iordaniya
23-dekabr
20-yanvar
Nyukasl
Brisben & Melburn
—
—
—
Kuvayt
18-dekabr
17-yanvar
Queanbeyan
Melburn, Kanberra & Nyukasl
—
—
—
Shimoliy Koreya
15-dekabr
18-yanvar
Kanberra
Sidney, Melburn & Kanberra
—
—
—
Ummon
28-dekabr
17-yanvar
Sidney
Kanberra, Sidney & Nyukasl
—
—
—
Falastin
2-yanvar
20-yanvar
Brisben
Nyukasl, Melburn & Kanberra
—
—
—
Qatar
28-dekabr
19-yanvar
Kanberra
Kanberra & Sidney
—
—
—
Saudiya Arabistoni
26-dekabr
18-yanvar
Brisben
Brisben & Melburn
—
—
—
Janubiy Koreya
27-dekabr
31-yanvar
Brisben
Kanberra & Brisbane
Melburn
Sidney
Sidney
BAA
26-dekabr
30-yanvar
Gold Coast
Kanberra & Brisben
Sidney
Nyukasl
Nyukasl
Oʻzbekiston
3-yanvar
22-yanvar
Melburn
Sidney, Brisben & Melburn
Melburn
—
—
Translyatsiya
Musobaqa oʻyinlari butun dunyoning 100 dan ortiq TV kanallari orqali jonli efirda namoyish etiladi. 800,000,000 nafar, hamda, TV orqali 2,5 milliard odamlar ushbu turnirni kuzatib borishi moʻljallangan. Quyida ushbu musobaqani yoritish uchun litsenziyaga ega boʻlgan kanallar bilan tanishing.
Koptok
2014-yil 1-oktabrda 2015-yilgi Osiyo kubogining oʻyin koptogi Nike Ordem 2 eʼlon qilindi. Koptok sirtida turnirning anʼanaviy ranglari tasvirlangan. Asosiy oq rangdagi toʻp sirti yaqqol qizil rangdagi grafik bezak va yaxshiroq koʻrinishi uchun sariq rangdagi hoshiyalar ham tasvirlangan. Shuningdek, koptokda musboaqa logotipi hamda Nike kompaniyasi emblemasi qora Swoosh tasvirlangan. Koptok toʻgʻri uchish, aniqlik va nazoratlarni inobatga olib yasalgan, hamda, Nike Aerowtrac oʻyiqlari va mikro-tekstura qoplamalari bilan ishlab chiqarilgan. Nike RaDaR (Rapid Decision and Response) koptokni tez uchishi uchun noyob grafik qatlamlardan foydalangan, optimal tegishi uchun 3 qatlamli sintetikadan yasalgan.
Hakamlar
2015-yilning 1-yanvarida AFC musobaqaga yon hakamlar bilan birga 40ta hakamlarni, 3ta zahira hakamlarini va 4ta zahira hakamlarining assistentlarini chaqirdilar. Uchtadan tashkil topgan hakamlar brigadasi (bunday jamoalar 11ta) vatandoshlari bilan kelishgan: bitta asosiy hakam va ikkita yon hakamlari. Qolgan zahira hakamlari ham uchrashuvlarni boshqarishda asosiy hakamlarga koʻmaklashadilar. Shuningdek, musobaqa oʻyinlarini Yangi Zelandiyadan hakamlar brigadasi boshqarib boradi, garchi, Yangi Zelandiya Okeaniya Futbol Federatsiyasi aʼzosi boʻlishiga qaramasdan.
Tarkiblar
Har bir terma jamoa 2014-yilning 30-dekabriga qadar 23ta futbolchini (3tasi darvozabon) tanlab taqdim etishlari lozim boʻldi.
Guruh bosqichi
Oʻyinlar jadvali 2013-yil 27-martda eʼlon qilingan. Har bir guruhning 1 va 2-oʻrinlari pley-off bosqichiga chiqadi.
Taybreyklar
Guruhdagi har bir jamoa quyidagicha reytinglanadi:
Agar ikki yoki undan ortiq terma jamoalar yuqoridagi asosiy 3 ta mezonlar boʻyicha teng kelsalar, unda ular yana mana bunday mezonlar boʻyicha saralanadi:
A guruhi
B guruhi
C guruhi
D guruhi
Pley-off bosqichi
Agar lozim boʻlib qolsa, pley-off bosqichida gʻolibni aniqlash uchun qoʻshimcha vaqt va penaltilar seriyasini amalga oshirishi mumkin.
Chorak final
Yarim final
Uchinchi o'rin uchun
Final
Statistikalar
Toʻpurarlar
5 gol
4 gol
3 gol
2 gol
1 gol
1 avtogol
Gol assistentlari
4ta golga assistentlar
3ta golga assistentlar
2ta golga assistentlar
1ta golga assistentlar
Sovrinlar
Oltin Butsa
Oltin Qoʻlqop
Turnirning eng yaxshi oʻyinchisi
Halol oʻynagan jamoa
Musobaqada jamoalar erishgan reyting
Futbol statistikasi taomiliga muvofiq, qoʻshimcha vaqtdagi uchrashuvlarda gʻolib va magʻlub jamoalar deya hisoblanadi, penaltilar seriyasiga yetib borgan boʻlsa durang deya hisoblanadi.
Rekordlar
Ushbu Osiyo kubogida 26ta uchrashuvda durang natija qayd etilmadi va eng yirik futbol turnirlari orasida rekord oʻrnatdi, bundan oldin Urugvayda boʻlib oʻtgan 1930-yilgi jahon chempionatida 18ta oʻyinda durang qayd etilmagan edi va ushbu rekordni yangiladi.
Ali Mabkhout Osiyo kubogi tarixida eng tez gol urgan futbolchi sifatida rekord oʻrnatdi, Birlashgan Arab Amirliklarining guruh bosqichida Bahraynga qarshi kechgan uchrashuvida, ushbu futbolchi oʻyinning 14-sonyasida gol urdi.
Falastin terma jamoasi ilk bora Osiyo kubogi musobaqasida ishtirok etdi va guruh bosqichining 2-turida Iordaniya terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda Jaka Ihbeishehning goli Falastinning Osiyo kubogi musobaqsida ilk goli boʻlib tarixda qoldi.
Avstraliya terma jamoasi erkaklar futbol terma jamoalar oʻrtasidagi ikkita konfederatsiya chempioniga aylangan ilk terma jamoa boʻldi, bundan oldin AFCga oʻtishdan oldin Avstraliya OFCning 4 karra chempioni boʻlgan . Tim Cahill va Mark Bresciano ikkita konfederatsiya gʻolibiga aylangan birinchi erkak futbolchilar boʻldi, bundan oldin ular OFC Millatlar kubogi 2004 gʻolibi boʻlishgan edi. Bu gʻalabadan keyin Avstraliya ham AFC Osiyo kubogini, AFC Chempionlar ligasi 2014 musobaqasida Western Sydney Wanderers futbol klubi chempion boʻlgandan keyin, ham AFC Chempionlar ligasi gʻolibligini bir vaqtning oʻzida qoʻlga kiritgan ilk terma jamoa boʻldi.
Marketing
Musobaqa sovrini sayohati
Sovrinning sayohati 2014-yil sentabr oyida Xitoydan boshlandi, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya va Yaponiyadan keyin Avstraliyaga 2014-yilning dekabr oyida yetib keldi va beshta mezbon shaharda ham boʻldi.
Ochilish marisomi
Musobaqaning ilk oʻyini Avstraliya va Quvayt oʻrtasidagi uchrashuvdan oldin 9-yanvarda Melburn toʻrtburchakli stadionida ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. Ochilish marosimi sport musobaqa ustalari konsortsiumi Twenty3 Sports + Entertainment va ijodiy texnologiyalar firmasi Spinifex Group tomonidan tashkillashtiriladi. Usbu konsortsium bundan oldin bir qancha yirik xalqaro sport musobaqalarida ishlashgan, jumladan, Qishki Olimpiya oʻyinlari 2010 va Yozgi Olimpiya oʻyinlari 2008 musobaqalari ochilish marosimlarini tashkillashtirgan. Musobaqa ochilish marosimida Avstraliya di-jeyi, xonanda va raqqosasi Havana Brown, Avstraliya hindu-pop guruhi Sheppard, Avstraliya aborigenlar xonandasi Geoffrey Gurrumul Yunupingu, hamda, Avstraliya hip-hop artistlari L-Fresh The Lion, Joelistics va Mistress of Ceremony ishtirok etishadi. Shuningdek, mahalliy yoshlar futbol klublaridan 80ta bolalar va 120ta Avstraliyalik raqqosalar, akrobatlar, Avstraliya aborigenlari chiqishlari hamda futbol fristayllari ishtirok etiashadi.
Logotip va ramz
Ushbu musobaqaning rasmiy logotipi 2012-yili oktabr oyida Melurnda boʻlib oʻtgan maxsus tadbirda ommaga eʼlon qilindi. Logotip Sidney agentligi WiteKite tomonidan ishlab chiqilgan. Logotipda oʻzgacha shakl bilan chizilgan futbolchi koptokni Avstraliya gʻarbiy qirgʻogʻidan butun mamlakat boʻylab Osiyo tomonga tepayotgani tasvirlangan. Koptok, shuningdek, Avstraliyadan Osiyoga yoyilgan Avstraliyaning yozgi quyoshini aks ettirgan. Toʻrtta sariq rangdagi lentalar Avstraliya haritasi shaklini hamda 4ta mezbon shaharni ifodalaydi. Loyiha AFC tomonidan qabul qilingan.
Musobaqa ramzi vombat (hayvon turi) 2014-yil 11-noyabrda Wild Life Sydney zooparkida ommaga taqdim etildi.
Homiylar
Quyida koʻrib turganingizdek, AFC oʻnta rasmiy homiylarni va oltita rasmiy yoqlovchilarni eʼlon qildi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org