AEROPONIKA
AEROPONIKA, havoda o’stirish (Aero… va Yunoncha ponos — ish) — o’simliklarni tuproqsiz, nam havoda o’stirish. O’simlik ildizlariga maxsus asboblar yordamida vaqt-vaqti bilan oziq moddalar purkab turiladi. Aeroponika usulini 1910 yil rus olimi V. M. Arsixovskiy tadqiqot maqsadlari uchun taklif qildi. Keyinchalik Aeroponikadan gulchilik va sabzavotchilikda ham foydalanila boshladi. Aeroponika usulida ildizmevali o’simliklar yetishtirish ham o’zlashtirilgan. Issiqxona, oranjereya, kosmik kemalarda va boshqalarda qo’llaniladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz