Aerofotorazvedka




Aerofotorazvedka  — samolyot yoki boshqa uchish apparatlariga oʻrnatilgan aerofotoapparatlar yordamida yerdagi obʻektlarni suratga olish. Aerofotorazvedkani uchuvchisiz yoki maxsus razvedkachi samolyotlar bajaradi. Razvedkachi samolyotda bir necha fotoapparat boʻlib, ular erdan berilgan dastur-topshiriqqa binoan avtomatik ravishda suratga oladi yoki uchuvchi tegishli obʻektlarni tanlab suratga oladi. Harbiy ishda dushman qarorgoxlari va obʻektlarini, strategik inshootlarini suratga olishda Aerofotorazvedkadan foydalaniladi.



Manbalar















uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz