Adventure Time





Adventure Time (tarjimasi „Sarguzasht vaqti“) Cartoon Network telekanali buyurtmasiga binoan Pendleton Ward tarafidan yaratilgan Amerika animatsion teleserialidir. Keyinchalik, multserialni ishlab chiqarish Frederator Studios tarafidan davom ettirildi. Ilk marotaba 2008-yilda Nickelodeon telekanali orqali efirga uzatildi, keyinchalik efirga uzatish huquqini Cartoon Network telekanali sotib oldi va 5-aprel 2010-yildan ushbu animatsion serialni efirga uzatishni boshladi. Serial Finn va uning oʻgay ukasi Jakening birgalikdagi sarguzashtlari haqida hikoya qiladi.


Animatsion serial turli manbalardan, jumladan Dungeons & Dragons nomli fentezi janridagi videooʻyinlardan ilhomlangan. Serialning dastlabki qismlari qoʻlda chizilgan animatsiyalar orqali hozirlangan. Lekin, bu jarayon ancha mashaqqatli boʻlib, bir qismni nihoyalash 8-9 oy talab etdi. Keyinchalik, yangi texnologiyalar yordamida har biri 11 daqiqadan iborat qismlar ishlandi. Cartoon Network telekanali 29-sentabr 2016-yilda animatsion serialning oʻninchi fasli tugaganidan soʻng, 2018-yilda serial tugashini eʼlon qildi. Serialning yakuniy qismi 3-sentabr 2018-yilda efirga uzatildi va 44 daqiqadan iborat boʻldi.


Adventure Time Cartoon Network telekanalining reytingida muhim rol oʻynadi. Serialning ayrim qismlari uch milliondan ortiq tomoshabinni qamrab oldi. Serial asosan bolalar uchun moʻljallangan boʻlsa-da, yoshlar va kattalar orasida ham keng tarqaldi. Serial tanqidchilar tomonidan xush qarshilandi hamda koʻplab yutuqlarga sazovor boʻldi. Shuningdek, ushbu serial asosida koʻplab kitoblar, videooʻyinlar, oʻyinchoqlar va kiyimlar ishlab chiqarildi.




Mazmuni



Finn va Jake shirinliklar saltanati yaqinidagi yogʻoch uyda yashar edilar. Bolaligida Finn muammoga duch kelgan har kimga yordam berishga vaʼda bergan. Buning ortidan, u va Jake atrofdagi kishilarni qutqarish maqsadida sarguzashtga otlanishadi. Serial voqealari yadro urushidan omon qolgan mamlakatlarda boʻlib oʻtadi. Urushdan soʻng, sayyoraning faqat uchdan ikki qismi omon qoldi hamda dunyoga turli sehrlar va mutatsiyalar tarqaldi. Serial voqealarining aksariyati „Shirinliklar saltanati“ deb nomlangan bir uydirma hududda boʻlib oʻtadi.



Qahramonlar



Bosh qahramonlar









Salbiy qahramonlar






Fasllar




Ovoz berganlar




Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz