Adventistlar cherkovi (Navoiy)





Adventistlar cherkovi (boshqa nomlari: Yettinchi kun adventistlari nasroniy cherkovi, ruscha: Христианская церковь адвентистов седьмого дня) — Navoiy shahridagi ilk va yagona Yettinchi kun adventistlari cherkovi. 1996—2001-yillarda qurib bitkazilgan. Navoiy shahrining Navoiy koʻchasida joylashgan.




Tarixi



1995-yil Navoiy shahrining janubi-gʻarbiy qismidagi dala hovlilar hududidan 0,4 gektar yer maydoni ajartilib, u yerda Yettinchi kun adventistlari masihiylar jamoasi uchun cherkov qurilishi rejalashtirilgan.


Cherkov qurilishi 1996-yildan boshlangan. Adventistlar cherkovi loyihasini samarqandlik meʼmor Ali Sodiqov tayyorlagan va uning oʻzi qurilishga rahbarlik qilgan.


Bino qurilishi 2001-yilda tugallangan va Oʻzbekiston respublikasi mustaqilligi bayramining 10 yilligi arafasida foydalanishga topshirilgan.



Arxitekturasi



Bino bir butun majmuadan iboratdir. Unda 150—200 kishiga moʻljallangan ibodatxona, kutubxona, sinfxonalar, majlislar zali, auditoriyalar va hovli oʻrtasida muqaddas suv saqlanadigan hovuz mavjud.



Galereya




Manbalar




Adabiyotlar










uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz