Adrov daryosi






Adrov (belaruscha: Адро́ў) — Vitebsk viloyatining Orshan, Sennen va Tolochin tumanlaridan oqib oʻtuvchi daryo, Dneprning oʻng irmogʻi. Ayrim manbalarda Odrovka daryosi deb nomlanadi.




Nomining kelib chiqishii



Adrov daryosining nomi qadimgi hind-yevropa tilllari asosidagi *adro- „suv oqimi, oqim“, *u̯od-r- „suv“ soʻzidan kelib chiqqan.


V. N. Toporov va O. N. Trubachevning fikriga koʻra, Adrov nomi Boltiq tillariga borib taqalishi mumkin. Soʻz boshidagi A unlisining ikkilamchi kelib chiqishi taxmin qilinadi. Bu nom drava „bort“ yoki drūtas „kuchli“ soʻzlari bilan qiyoslanadi.



Fiziografiyasi



Daryo uzunligi 75 km. Suv toʻplash maydoni 676 km². Daryo quyilishida suv sarfining oʻrtacha yillik sarfi 4,4 m³/s.ni tashkil qiladi. Suv sathining oʻrtacha qiyaligi 0,9 % ni tashkil qiladi.


Daryo shahar janubiy chekkasida joylashgan, Orshan tumani, Dubnitsy qishlogʻi yaqinidagi meliorativ ariqdan boshlanadi.


Asosiy irmoqlari: Kamenitsa, Dernovka, Sokolyanka, Baran (barchasi oʻngda).


Daryo Orshan tepaligi boʻylab oqadi. Orshan tepaligidan vodiy koʻzga yaqqol tashlanib turadi. Daryo oqimi Pogost qishlogʻigacha choʻzilgan boʻlib, oqim shakli trapetsasimon, daryoning quyiroq qismlarida hovuzsimon shakl hosil qilib harakatlanadi. Daryo oqimi kengligi 0,6-0,8 kmni tashkil qiladi. Yassi sohillari daryo oʻzaning ikkila tomoni boʻylab choʻzilgan. Ularning kengligi 0,1-0,3 kmni tashkil qiladi. Daryoning 12,5 km uzunlikdagi yuqori qismini (Senno tumani, Pilkovichi qishlogʻigacha boʻlgan qismi) kanal holiga keltirilgan boʻlib, bu yerda suvning balandligi 15-20 metrgacha yetadi. Yuqori oqimidagi qirgʻoqlar past, oʻrta va quyi oqimda ular tik va ilonizi shaklida boʻlib, qiirgʻoqlarning balandligi 5-7 m, baʼzi joylarda 20 metrgacha balandlikda boʻladi.


Daryoning Dubnitsi qishlogʻi yaqinida toʻgʻon va koʻlmak (maydoni 1 gektar) joylashgan. Orshan tumani, Baran qishlogʻi yaqinidagi suv havzasi (maydoni 2 gektar), quyi oqimdagi qirgʻoqboʻyida Baran shahri joylashgan.



Dam olish joylari



Daryo sohillari dam olish joylari tashkil etish uchun foydalaniladi (Baran shahrida „Les“ sanatoriyasi bor).



Geologik qoldiqlar



Daryoning chap qirgʻogʻida, Dneprga qoʻshilish joyidan 100 m uzoqlikda geologik choʻqqi bor, unda 2 qatlam ajralib turadi: kech Poozerey muzlik va muzlararo golosen qoldiqlari konlari. Ular qazilma mollyuskalar qoldiqlariga boy (28 turdan ortiq). Radiokarbonli sanalash maʼlumotlariga koʻra, bu qoldiqlarning yoshi 94090-9970 ± 560 yil.



Manbalar




Adabiyotlar




Havolalar














uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz