Adrián Ortolá





Adrián Ortolá Vañó (talaffuzi: Adrian Ortola; 1993-yil 20-avgustda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, „Girona“ jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi.




Jamoalardagi faoliyati



Villarreal



Xàbia, Alicante, Valencialar mamlakatida tugʻilgan Ortolá mahalliy Villarreal CF yoshlar tizimiga 2008-yilda qoʻshilgan. U Segunda B divizioni Villarreal CF B jamoasi bilan 2012-yilning 2-sentabrida CF Reus Deportiuga qarshi musobaqa uchrashuvida oʻzining birinchi oʻyinini oʻtkazgan.



Barcelona



2013-yil 10-iyulda Ortolá „Barcelona“ ga oʻtadi va uch yilga erkin agent sifatida shartnoma imzolaydi. U professional futbolchi sifatidagi birinchi oʻyinini 30-noyabr kuni Córdobada 2:1 hisobida gʻalaba qozongan holda oʻtkazdi.


Ortolá oʻzining ikkinchi mavsumida 26 ta oʻyin oʻtkazadi va mavsumni uning jamoasi uchinchi divizionga tushib ketish bilan yakunlaydi. 2015-yilning 21-martida u David Rodríguezga nisbatan qo‘pollik ishlatib, penaltini o‘tkazib yuboradi va uchrashuvning 25-daqiqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib maydonni tark etadi. Ushbu uchrashuvda uning jamoasi 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchraydi.


2016-yilning 11-iyulida Ortolá La Liganing „Deportivo Alavés“ klubiga bir yilga ijaraga beriladi. U 2017-yil 8-yanvarda Athletic Bilbaoga qarshi kechgan uchrashuvda asosiy tarkib futbolchisi Fernando Pacheco hali toʻliq formaga qaytmaganligi tufayli maydonga tushib musobaqadagi birinchi oʻyinini oʻtkazadi va safarda 0:0 hisobidagi durang natija qayd etiladi.


2018-yil 24 iyulda Ortolá Deportivo de La Coruña jamoasiga sotib olish sharti bilan mavsumiy ijara shartnomasi asosida qoʻshiladi.



Tenerife



2019-yil 12-iyulda Ortolá CD Tenerife jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. U uzoq vaqtdan beri asosiy tarkib oʻyinchisi boʻlib kelayotgan Dani Hernándezning oʻrnini egallaydi, ammo 2020-yil noyabr oyida yangi bosh murabbiy Luis Miguel Ramis kelganidan soʻng oʻzining asosiy tarkibdagi joyini xuddi shu futbolchining oʻziga boy beradi.



Girona



Ortolá 2021-yilning 1-fevralida ikki yarim yillik shartnoma asosida ikkinchi divizion vakili „Firona“ klubiga oʻtadi.



Klublardagi statistikasi




Yutuqlari



Ispaniya U17




Ispaniya U19




Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz