Adrián Aldrete




Adrián Alexei Aldrete Rodríguez (talaffuzi: Adrian Aleksey Aldrete Rodriges) 1988-yil 14 iyunda Meksikaning Gvadalaxara shahrida tugʻilgan. Meksikalik futbolchi „Kruz Azul“ klubi va Meksika terma jamoasi yarim himoyachisi. 





Jamoalardagi faoliyati



Aldrete „Monarcas Morelia“ futbol akademiyasining bitiruvchisi. 17 yoshida yuqori raqobat tufayli u „Dorados de Sinaloa“ga ijaraga oʻtdi. 2006-yil 21-yanvarda Meksika Primer ligasida „Atlanta“ga qarshi debyut qildi. „Dorados“ yuqori diviziondan tushib ketganidan soʻng, Adrian „Monarkas“ga qaytib keldi va u yerda tez orada asosiy jamoadan joy oldi. Asosiy tarkibda muntazam oʻrin egallashiga qaramay, u ajoyib natijalar koʻrsata olmadi. 2010-yil 30-yanvarda „San-Luis“ga qarshi bahsda Aldrete klub uchun birinchi golini urdi. Oʻsha yili u klub bilan Shimoliy Amerika Superligasida gʻolib chiqdi. 2011-yilgi Klausura mavsumida Aldrete jamoa bilan Meksika chempionatida kumush medallarni qoʻlga kiritdi.


2012-yilning yozida Adrian poytaxtning „America“ klubiga koʻchib oʻtdi. Transfer summasi 2,5 million dollarni tashkil qildi. 22-iyul kuni „Monterrey“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi . 2013-yilda Aldrete „America“ga milliy chempion boʻlishiga yordam berdi.


2014-yilning yozida u „Santos Laguna“ga koʻchib oʻtdi. 20-iyul kuni „Verakrus“ga qarshi oʻyinda Adrian yangi jamoada debyut qildi. 2015-yilning 11-aprelida „Chiapas“ga qarshi kechgan bahsda Aldrete klub safidagi ilk golini urdi. Oʻsha yili u ketma-ket ikkinchi marta mamlakat chempioni boʻldi. 2016-yilning yozida Adrian „Kruz Azul“ga koʻchib oʻtdi. 17-iyul kuni „Necaxa“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi. 20-noyabr kuni „Leon“ga qarshi duelda Albrete „Kruz Azul“ uchun birinchi golini urdi.



Xalqaro karyerasi



2005-yilda Meksika yoshlar terma jamoasi bilan Adrian yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqdi. 2007-yil 22-avgustda Aldrete Kolumbiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Meksika terma jamoasi safida debyut qildi.


2015-yilning yozida Adrian Chilida boʻlib oʻtadigan Amerika kubogiga daʼvogarlik qildi. Turnirda u Boliviya va Chili terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.



Statistika




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz