Adrien Silva
Adrien Sébastien Perruchet Silva (talaffuzi: Adrien Sebastyan Perrushe Silva; 1989-yil 15-martda Fransiyaning Angulem shahrida tugʻilgan) — portugaliyalik futbolchi, „Al-Wahda“ futbol klubining yarim himoyachisi. Portugaliya terma jamoasi futbolchisi. 2016-yilgi Yevropa chempionati gʻolibi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.
Adrien Fransiyada tugʻilgan. Uning otasi portugal va onasi fransuz millatiga mansub boʻlgan.
Klublardagi faoliyati
Silva futbol oʻynashni Fransiyaning „Bordo“ futbol klubi akademiyasida boshlagan, ammo 2000-yilda u Portugaliyaga joʻnab ketgan va u yerda tez orada Lissabonning „Sporting“ futbol klubiga oʻtgan. 2007-yilda u klub bilan besh yillik muddatga birinchi professional shartnomasini imzoladi. 17-avgust kuni „Akademik Sofia“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Adrien Sangrish ligasida debyut qilgan. 12 dekabr kuni Chempionlar ligasi doirasida Kievning „Dinamo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u xalqaro maydonda debyut qilgan. 2009-yil 1-oktabrda Yevropa ligasi doirasida Germaniyaning „Hertha“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Adrien faoliyatidagi ilk golini urgan. „Sherlar“dagi dastlabki uch yilida u liga kubogi va ikki marta Portugaliya Superkubogini qoʻlga kiritgan.
Xalqaro faoliyati
2014-yilning 18-noyabrida Argentinaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Silva Portugaliya terma jamoasidagi debyutini o‘tkazdi va ikkinchi bo‘limda Andre Gomesh o‘rniga maydonga tushgan.
2016-yilning yozida Adrien Fransiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionati gʻolibiga aylandi. Turnirda u Xorvatiya, Polsha, Uels va Fransiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2017-yilda Silva Rossiyada boʻlib oʻtgan Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Rossiya, Chili va ikki marta Meksika jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Meksikaliklarga qarshi kechgan bahsda Adrien terma jamoadagi ilk golini urdi.
2018-yilda Silva Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Marokash, Eron va Urugvay jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org