Adriano (futbolchi)





Adriano Correia Claro (talaffuzi: Adriano Korreya Klaro) (1984-yil 26-oktyabrda tugʻilgan), oddiygina Adriano nomi bilan tanilgan, braziliyalik professional futbolchi. Soʻngi bora Belgiyaning Eupen klubida oʻynagan.


Faoliyatini Coritiba jamosi bilan boshlaganidan soʻng, u 2005-yilda Ispaniyaga koʻchib oʻtgan va La Ligada bir necha mavsumni "Sevilya" va „ Barselona“ safida oʻtkazgan. Ikkala klub bilan bir nechta yirik chempionliklarni qoʻlga kiritgan.


Oʻn yil davomida Adriano oʻz mamlakatini ikkita Copa America turnirida himoya qilib, 2004-yilgi musobaqda gʻolib chiqgan.




Klubdagi faoliyati



Yoshlik yillari




Parananing Kuritiba shahrida tugʻilgan Adriano oʻzining tugʻilgan shahri „Coritiba“ klubida professional faoliyatni boshlagan. 2005-yilning yanvarida u Ispaniyaning "Sevilya" klubiga toʻrt yarim yillik shartnoma asosida qoʻshilgan. La Ligadagi debyutini "Barselona" jamosiga qarshi oʻtkazgan.


Keyingi mavsumlarda Adriano „Sevilya“ bilan ketma-ket UEFA kuboklarida gʻalaba qozongan. Oxirgi kubok finalida u RCD Espanyolga qarshi penaltilar seriyasida gʻalaba toʻpini kiritgan..


Mamlakatda uch yil yashagandan soʻng, Adrianoga Ispaniya fuqaroligi berilgan. U 2009—2010-yilgi mavsumda juda koʻp jarohat olgan, ammo baribir 27 ta oʻyinda (golsiz) maydonga tushgan.



Barselona



2010-yil 16-iyulda Adriano „Barselona“ bilan 9,5 million yevroga 4+1 koʻrinishida shartnoma imzolagan. Unga 21-raqamli libos berilgan.




Adriano oʻzining birinchi mavsumining katta qismini "Barsa"da zaxirada oʻtkazgan. 2011-yilning 2-fevralida, asosiy tarkibda Ispaniya kubogi doirasidagi UD Almeriyaga qarshi yarim final mehmonda 3:0 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda (umumiy hisobda 8:0) kataloniyaliklar uchun birinchi golini kiritgan. Chap qanot himoyachisi Erik Abidalning kasalligi tufayli u mart oyidan boshlab asosiy tarkib oʻyinchiga aylangan.


2011—2012-yillarda Adriano yana Pep Gvardiola boshchiligidagi jamoa uchun zaxira oʻyinchisiga aylangan. 2011-yil 15-dekabrda, 2011-yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida u yarim finalda "Sadd Sports Club"ga qarshi o‘yinda (4:0) dastlabki ikkita golni urgan.



2013-yilning 28-mayida Adriano „Barselona“ bilan yangi shartnoma imzolagan. Bu shartnoma uni 2017-yilgacha klubda qolishiga sabab boʻlgan.


Adriano 2015—2016-yilgi mavsumdagi ilk golini 2015-yilning 24-noyabrida Neymarning penaltidan bergan zarbasi darvozabondan qaytgach raqib darvozasiga kiritgan.



Beşiktaş



2016-yilning 29-iyulida „Barselona“ safida 189 ta bellashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urgan Adriano Turkiyaning „Beşiktaş“ klubi bilan shartnoma imzolagan. U oʻzining birinchi mavsumida 31 oʻyinda bir marta gol urib, klubga 15-Super Liga chempionligini qoʻlga kiritishiga yordam bergan.



Atletico Paranaense



Adriano 2019-yil 23-iyulda Braziliyaga qaytgan, 34 yoshli futbolchi bir yarim yillik shartnoma asosida "Atletico Paranaense"ga o‘tgan.



Eupen



2020-yil avgust oyida Adriano Belgiya birinchi divizioni A jamoasi Eupen bilan yangi shartnoma imzolagan. U 2020—2021-yilgi mavsum oxirida klubni tark etgan.



Xalqaro faoliyati



Braziliyalik 20 yoshgacha boʻlgan yoshlarga 2003-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻalaba qozonishga yordam berganidan koʻp oʻtmay, Adriano terma jamoadan chaqiruv olgan. 2004-yilda u Peruda boʻlib oʻtgan Amerika Kubogida gʻolib chiqqan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan.



Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz