Adrianne Palicki
Adrianne Lee Palicki (/pəˈliːkɪ/ pə-LEE-ki ; 1983-yil 6-mayda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa va model. U NBC telekanalining Friday Night Lights (2006—2011) dramasidagi Tayra Kollet, ABC telekanalining Agents of SHIELD (2014—2016) serialidagi Barbara „Bobbi“ Morse rollari bilan mashhur.
Yoshligi
Palicki Ogayo shtatining Toledo shahrida Nancy Liee va Jeffrey Artur Palicki oilasida tugʻilgan. Uning akasi Erik Adriannening komikslarga boʻlgan qiziqishiga katta taʼsir qilgan.
Palicki 2006-yildan 2009-yilgacha NBC telekanalining „ Friday Nights Light „ drama serialining dastlabki uch faslida Tayra Kollette rolini ijro etgan.
2003-yilda Palicki John Wooning “Robinsons: Lost in Space“ filmida Judy Robinson rolinj oʻynagan. 2006-yilda u WB Aquaman filmida yovuz Nadiya rolini ham oʻynagan. U Smallville filmining 3-mavsum finalida Kara /Lindsi Xarrison sifatida rol oʻynadi. Palicki " Supernatural " filmida jin tomonidan oʻldirilgan Jessica Moor rolini oʻynagan. Uning qahramon " Gʻayritabiiy " serialining 2-mavsumi „Nima va nima boʻlmasligi kerak“ epizodida va 5-mavsumning „Free To Be You and Me“ epizodida yana paydo boʻladi.
Adrianne will.i.am kanalida 2008-yilgi prezidentlikka nomzod Barak Obamani qoʻllab-quvvatlagan „We Are the Ones“ nomli klipida ishtirok etgan. 2010-yilda Palicki FOX televizion dramasi " Lone Star " serialining 2 qismida suratga tushdi. U 2014-yilda „ About a boy „ sitkomining birinchi mavsumida doktor Samanta Leyk rolini oʻynadi.
2014-yil avgust oyida Palicki Agents of SHIELD serialida Barbara „Bobbi“ Morse rolini oʻynadi. U 2-mavsumning oʻrtadagi tanaffusidan soʻng bosh roldagi aktyorlardan biriga aylandi.
2016-yil iyul oyida Palicki Set MakFarleyn tomonidan suratga olingan ilmiy-fantastik komediya-drama seriali “Orvill“ da Kelli Greyson rolini ijro etdi. Serial premyerasi 2017-yil 10-sentabrda boʻlib oʻtdi va ilk ikki fasl FOX telekanali orqali namoyish etildi. Uchinchi mavsum 2022-yil iyun oyidan boshlab Hulu telekanalida efirga uzatila boshlandi.
2016-yilda Palicki va uning akasi Erik Black Mask Studios tomonidan nashr etilgan " No Angel " nomli birinchi komikslar toʻplamini chiqarishdi. Komikslarnimg birinchi soni 2016-yil 30-noyabrda chiqdi.
Shaxsiy hayoti
Palickida çölyak kasalligi bor. 2014-yil sentabr oyida uning vakili kaskadyor Jekson Spidell bilan unashtirilganini tasdiqladi. 2018-yilda San-Diego komikslarida uning The Orville filmidagi hamkasbi Skott Grimes bilan uchrashgani maʼlum boʻldi. Ikkalasi 2019-yil yanvar oyida unashtirilganliklarini eʼlon qilishdi va 2019-yil 19-mayda Texasning Ostin shahrida turmush qurishdi. Ular ikki oydan keyin 2019-yil 22-iyulda ajrashish uchun ariza berishdi. Oʻsha yilning noyabr oyining oʻrtalarida sudya Palickining arizani rad etish haqidagi iltimosini qondirdi. Palicki 2020-yil 16-iyulda ikkinchi marta ajrashish uchun ariza berdi.
Filmografiyasi
Televideniye
Manbalar
uz.wikipedia.org