Adrian Jusino
Adrian Jonni Jusino Cerruto (ispancha: Adrián Johnny Jusino Cerruto; 1992-yil 9-iyulda tugʻilgan, Springfild, AQSH) - boliviyalik professional futbolchi, "Strongest" klubi va Boliviya terma jamoasi himoyachisi.
Klub karyerasi
Jusino Amerika Qoʻshma Shtatlarida tugʻilgan, keyinchalik vatani Boliviyaga qaytib, Bolivar va Petrolero klublarida mashgʻulotlar oʻtkazgan. 2013-yilda Adrian Richland kolleji futbol jamoasida havaskor futbolchi sifatida oʻynay boshlaydi. Oʻsha yili Jusino "Union Maestransa" klubining unga boʻlgan qiziqishi tufayli "Union Maestransa" klubi safiga kelib qoʻshiladi. 2015-yilda u jamoani tark etadi va bir muddat "Ventura County Fusion" va "Allways Ready" jamoalarida toʻp suradi. 2018-yilning 23-yanvarida Jusino "Tulsa Roughnecks" klubi bilan shartnoma imzolaydi. 18-mart kuni "OKC Energy" klubiga qarshi oʻyinda u USL chempionatida debyut qiladi . 2019-yil boshida Jusino oʻz vataniga Boliviyaga qaytadi. 27-yanvar kuni "Destroyers"ga qarshi boʻlib oʻtgan oʻyinda u milliy Boliviya chempionatida debyut qiladi. 6-avgust kuni "Destroyers"ga qarshi oʻyinda Adrian jamoasi Bolivar uchun birinchi golini uradi. Oʻsha yili u oʻz jamoasiga chempion boʻlishda yordam beradi.
Xalqaro karyerasi
2019-yil 3-mart kuni Nikaragua terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Jusino Boliviya terma jamoasi safida debyut qiladi. Oʻsha yili Adrian Braziliyada boʻlib oʻtadigan Amerika Kubogida ishtirok etish uchun tuzilgan terma jamoa tarkibga kiritiladi. Turnirda u Braziliya, Venesuela va Peru terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Yutuqlari
Klubda «Bolivar» Havolalar
uz.wikipedia.org