Adrian Williams-Strong
Adrian Williams-Strong (talaffuzi: Adrian Villiyams-Strong; 1977-yil 15-fevralda tugʻilgan) — Ayollar Milliy Basketbol Assotsiatsiyasida (WNBA) oʻynagan amerikalik sobiq professional ayollar basketbolchisi.
Faoliyati
Indiana shtatining Indianapolis shahrida tugʻilgan Williams Janubiy Kaliforniya universitetidagi kollejda oʻqigan va uni 1999-yilda tamomlagan.
Kollejdagi faoliyatidan soʻng, u Pheonix Mercury jamoasi tomonidan 2000-yilgi WNBA draftida 21-chi tanlov sifatida jamoa tarkibiga tanlangan va 2003-yilgi WNBA All-Star oʻyinida oʻynagan. 2004-yil iyul oyida Williams jamoasini San-Antonio Silver Stars jamoasiga almashtirgan.
2005-yilgi mavsumni Koreyada oʻtkazgandan soʻng, Williams 2006-yilda Minnesota Lynx jamoasi bilan shartnoma imzolagan. U WNBAga qaytishda oʻrtacha 4,9 ochko, 4,7 ribaund va 15,2 daqiqa qayd etgan.
2007-yil fevral oyida Lynx 2007-yilgi WNBA draftida ikkinchi bosqich tanlovi evaziga jamoasini Sacramento Monarchs jamoasiga almashtirgan. Keyin 2008-yilning qishidan, 2008-yilning martigacha Xitoyda oʻynagan. Oʻshanda u chap tizzasidan jarohat olib, jarrohlik amaliyotiga muhtoj boʻlgan. Uyga qaytgach, u tizzalari dam olishi uchun WNBAdan tanaffus olishga qaror qilgan.
2017-yil 4-noyabrda u Clovis birlashgan maktab okrugi shon-sharaf medali sohiblari kiritilgan.
U Dave Matthews guruhi solisti Buddy Strongga turmushga chiqqan. Hozida ularning bir oʻgʻli va bir qizi bor.
Southern California jamoasidagi faoliyat statistikasi
Manba
Chet el jamoalaridagi faoliyati
2006—2007-yilgi mavsumda u Ispaniyaning Parfumerias Avenida jamoasida oʻynagan. Jamoada u oʻrtacha 10,0 ball (40,9 FG%, 33,3 3FG%, 50,0 FT%), 8,5 ribaund, 0,5 assist va har bir oʻyinda 2,3 daqiqa jamgʻargan.
Manbalar
uz.wikipedia.org