Adrian Grbić





Adrian Grbić (talaffuzi: Adrian Grbich; 1996-yil 4-avgustda Venada tugʻilgan) — avstriyalik futbolchi, „Lorient“ futbol klubi hamda Avstriya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.




Klublardagi faoliyati



Adrian Grbić „Wiener Viktoria“ futbol klubi, Avstriyaning „Austria“ va Germaniyaning „Stuttgart“ futbol klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2015-yilda oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Adrian Grbić Bundesligada „Stuttgart“ futbol klubining zaxira tarkibidan joy olgan. 2016-yilning yozida Adrian Grbić „Floridsdorf“ futbol klubi bilan shartnoma imzolab, vataniga qaytgan. 22-iyul kuni „Wacker Innsbruck“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Avstriyaning Ikkinchi Bundesligasida debyut qilgan. 5-avgust kuni „Austria Lustenau“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Adrian Grbić „Floridsdorf“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan.


2017-yilning yozida Adrian Grbić „Rheindorf Altach“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 23-iyul kuni u Avstriya Bundesligasida „Austria Wien“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Oʻsha oʻyinda Adrian Grbić oʻzining ilk golini „Rheindorf Altach“ futbol klubi safidagi golini kiritgan.



Xalqaro faoliyati



2013-yilda Avstriya yoshlar terma jamoasi tarkibida Adrian Grbić Slovakiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Slovakiya, Shvetsiya va Shveysariya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Oʻsha yili Adrian Grbić BAA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Kanada, Argentina va Eron jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.


2015-yilda Adrian Grbić Avstriya yoshlar terma jamoasi tarkibida Gretsiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Ukraina, Gretsiya va Fransiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.


2019-yilda Avstriya yoshlar terma jamoasi tarkibida Adrian Grbić Italiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Daniya va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.


2020-yil 4-sentyabr kuni Millatlar ligasi doirasida Norvegiyaga qarshi o‘yinda Adrian Grbić Avstriya terma jamoasi safida debyut qilgan. 7-oktyabr kuni Gretsiya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida u terma jamoadagi ilk golini urgan.



Statistikasi




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz