ADRIAN



ADRIAN (76-138) – Rim imperatori (117 yildan), Antoninlar sulolasidan. Chavandozlarga tayanib ish yurgizgan. Adrian davrida imperator hokimiyati va davlat muassasalarining markazlashuvi kuchaygan. Imperiya chegaralarida Adrian mustahkam istehkom va mudofaa devorlari barpo etgan. Xususan, Angliyaning katta qismini bosib olgach, imperiyaning chegaralarini mustahkamlash, mudofaa quvvatini oshirish, tinchlikni saqlash maqsadida Britaniyaning shimolida devor qurdirgan. Uzunligi 100 kilometrcha devor bo’ylab mustahkam istehkomlar va Burjlar qurdirgan. Orqa tomoniga harbiy yo’l soldirgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz