Adria Arjona





Adria Arjona Torres (1992-yil 25-aprelda tug'ilgan) - Gvatemala va Puerto-Rikolik aktrisa. U "Oz book" kitobiga asoslangan "Emerald City"(2017)da Dorothy Gale rolini va "Good Omens"(2019) teleserialida Anathema Device rolini o'ynagan. U “Pacific Rim: Uprising”(2018), “Life of the Party”(2018), “Triple Frontier”(2019) filmlarida ikkinchi darajali rollarni oʻynagan. “6 Underground”(2019) va “Morbius”(2022) filmlarida bosh rolni ijro etgan.




Yoshlik yillari



Arjona Puerto-Rikoning San-Xuan shahrida tug'ilgan va o'n ikki yoshigacha Mexiko shahrida yashagan. Uning onasi Leslie Torres puerto-rikolik, otasi Rikardo Arjona esa gvatemalalik qo'shiqchi. Bolaligida otasi uni gastrol safarlariga olib ketar va u tez-tez sayohatlarga chiqardi. 12 yoshida Arjona Mayamiga ko'chib o'tdi va 18 yoshga to'lgunga qadar u yerda yashadi. Arjonaning o'zi Nyu-York shahriga ko'chib o'tdi. U yerda, " Lee Strasberg Theatre and Film " institutida aktyorlik mahoratini o'rganayotganda ofitsiant va styuardessa bo'lib ishlagan.



Faoliyati



Arjonaning ilk televideniyadagi rollari qatoriga "Tue Detective"(2015) antologiyasi teleserialining ikkinchi faslidagi Emily va "Person of Interest" teleserialining ikkita epizodidagi Dani Silva(2014 va 2015-yillarda) kiradi. Keyinchalik u "Emerald City"da Dorothy Gale rolini o'ynadi va "Good Omens" serialida Anathema Device rolini o'ynadi.


Arjona 2019-yil mart oyida sahnaga namoyish etilgan “Triple Frontier” filmida kichik qahramonni, keyinroq esa 2019-yil dekabr oyida chiqqan “6 Underground ” filmida bosh rolni ijro etgan. 2021-yilda Arjona Jeyson Momoa bilan birga "Netflix"ning "Sweet Girl" filmida rol o'ynadi. 2018-yil dekabr oyida Arjona "Sony"dagi "Morbius" filmning ayol bosh qahramoni Martine Bancroft rolini ijro etish uchun muzokaralarga kirishdi. Uning ishtiroki yanvar oyi oxirida tasdiqlangan.



Kelgusi loyihalar



2020-yil avgust oyida Arjona "Disney+"dagi boʻlajak “Yulduzlar urushi”ning Andor seriyasida rol oʻynaganini tasdiqlandi. 2021-yil aprel oyida Arjona "Warner Bros" filmining “Father of the Bride” remeykida Andy Garcia bilan bosh rolni ijro etishi tasdiqlandi. 2021-yil oktyabr oyida u Tyler Nilson va Michael Schwartz tomonidan yozilgan va rejissorlik qilgan “Los Firkis” drama filmida bosh rolni ijro etishi va ijrochi produseri boʻlishi rejalashtirilgan.



Filmografiyasi





Filmlari




Televizion filmlar




Video o'yinlar




Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz