ADRENOKORTIKOTROP GORMON (AKTg), kortikotropin — gipomezning old bo’lagida ishlanib chiqadigan gormon. U 39 aminokislota keldig’idan tashkil topgan bitta polipeptid zanjiridan iborat. Adrenokortikotrop gormon buyrak usti bezining po’st qavatini stimullaydi, turli kortikosteroid gormonlar (mineralokortikoidlar, glyukokortikoidlar, androgenlar) ishlanib chiqishini kuchaytirib, moddalar almashinuvining deyarli hamma turlariga ta’sir ko’rsatadi. Organizmning turli qo’zg’atuvchilarga nisbatan moslanish (adaptasiya) va qarshilik ko’rsatish (reaktivlik) qobiliyatini belgilashda rol o’ynaydi. Adrenokortikotrop gormon revmatizm, podagra, bronxiol astma, leykemiya, neyrodermit, psoriaz, ekzema kabi kasalliklarni shuningdek allergik kasalliklarni davolashda ishlatiladi. So’nggi vaqtda Adrenokortikotrop gormonni sintetik yo’l bilan olishga muvaffaq bo’lindi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish