Adolat va Taraqqiyot partiyasi




Adolat va Taraqqiyot Partiyasi (turkchasi: Adalet ve Kalkınma Partisi, AKP) Turkiyaning markaz-oʻng siyosat yurituvchi partiyasidir. Turkiya parlamentida eng koʻp oʻrinni egallab turgan bu partiyadan mamlakat bosh vaziri Recep Tayyip Erdoğan va prezident Abdullah Gül chiqqan.


Partiya 2001-yili 14-avgustda tuzilgan. Kelasi yiliyoq parlament saylovlarida koʻpchilik mandatga ega boʻlgan. Shundan beri har parlament saylovlarida koʻp ovoz yigʻadi. Jumladan, 2011-yilgi saylovda ham AKP 49,91% bilan koʻpchilik oʻringa sohib chiqdi.


AKP oʻzini konservator, deb taʼriflaydi, liberal iqtisodiyot yuritish va Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishi tarafdoridir.



Manbalar




Havolalar
















uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz