Adiz Rajabov





Adiz Rajabov (6-yanvar, 1984-yil, Buxoro, Oʻzbekiston) — oʻzbek aktyori.


Adiz Rajabov sanʼatdagi faoliyatini 2005-yilda boshlagan. Kinodagi debyutini 2007-yilda „Boʻrilar“ va „Super qiz“ filmlarida qilgan, shundan soʻng u koʻplab teleseriallar va filmlarda rol oʻynagan.




Hayoti



Adiz Rajabov 1984-yil 6-yanvarda Oʻzbekiston SSSRning Buxoro shahrida tugʻilgan. Otasi oʻqituvchi, onasi esa oddiy uy bekasi Oʻrta maktabni tugatgach, Toshkent davlat teatr va rassomlik institutiga qabul qilingan. U yerni 2005 yilda bitirgan. 2005-yildan hozirgacha „O‘zbekfilm“ truppasining aktyori. „Nahotki sen“ filmida ilk bor bosh qahramon rolini ijro etadi. 2006-yilda rejissyor Sohib Abbosxon tomonidan suratga olingan „Sen meni sevasanmi“ filmi suratga olinadi. Rajabov bu filmdan ortidan taniladi. 2007-yilda Rajabov „Boʻrilar“ filmida salbiy obrazni gavdalantirdi, bu rol unga katta shuhrat keltirdi. 2008-yilda rejissyor Bahrom Yoqubov tomonidan suratga olingan „Super kelinchak“ filmida bosh qahramonlardan biri — Sardor rolini ijro etadi. 2014-yilda rejissyor Dilmurod Masagatov „Geolog“ filmida suratga tushadi. 2018-yilda Radjabov Qirg‘iziston va O‘zbekiston bilan hamkorlikda suratga olingan „Qizil ro‘moldagi terakim“ filmida rol o‘ynadi va bu film katta eʼtiroflarga sazovor bo‘ldi. 2019-yilda yapon kinoijodkorlari O‘zbekistonda „To the Ends of the Earth“ (tarjimasi: Yerning oxirigacha) filmini suratga olishadi. Ushbu filmda Rajabov bosh qahramonlardan birini o‘ynaydi. 2020-yilda Rajabiv „Muqimiy“ tarixiy filmida suratga tushadi. Rajabov 35 dan ortiq film va seriallarda rol oʻynagan. 2016-yildan buyon „Diydor“ teatrida aktyor boʻlib ishlaydi.



Filmografiyasi



Adiz Rajabov suratga tushgan filmlar xronologik tartibda keltirilgan




Seriallar




Spektakllar




Manbalar




Havolalar










uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz