Adivi Sesh
Adivi Sesh Sunny Chandra (1984-yil 17-dekabrda tugʻilgan) hindistonlik aktyor, rejissyor va ssenariy yozuvchi boʻlib, asosan telugu tilidagi filmlarda rol ijro etadi. Sesh Haydarobodda tugʻilgan va Kaliforniyaning Berkli shahrida oʻsgan. U 2010-yilda "Karma" filmida bosh aktyor va rejissyor sifatida birinchi debyut ishini boshlagan. Panjaa (2011), Balupu (2013) va Baaxubali: Muqaddima (2015) filmlarida salbiy rollarni oʻynagan. Soʻng Adivi Sesh Sunny Chandra Kshanam (2016), Ami Thumi (2017), Gudachari (2018), Evaru (2019), Mayor (2022) va HIT (2022) filmlarida oʻynagan rollari muvaffaqiyatga erishgan. Adivi Sesh eng yaxshi ssenariy uchun IIFA Telugu mukofotini va Kshanam filmidagi ssenariysi uchun Nandi mukofotini qoʻlga kiritdi.
Hayotining boshlanish davri
Adivi Sesh Sunny Chandra 1984-yil 17-dekabrda Hindistonning Andhra Pradesh shtatidagi Haydarobod shahrida (Hindistonning hozirgi Telangana shtati) tugʻilgan. U Berkli shahrida (Kaliforniya) oʻsgan. U yerda Berkli oʻrta maktabida va San-Fransisko Davlat Universitetining bakalavriatida oʻqigan.
Adivi Seshning singlisi AQShda shifokor boʻlib ishlaydi. Uning amakivachchasi Sai Kiran Adivi rejissyor bo'lgan. Seshning amakisi Adivi Baapiraju yozuvchi, dramaturg va ozodlik kurashchisi edi. Adivi Sesh vegetariancha ovqatlarni iste'mol qiladi.
Karyera
Sesh Sontham (2002) filmida mehmon aktyor sifatida birinchi rolini ijro qildi. Rediff uning ijrosini yuqori baholadi: „Aktyorlik borasida Sesh Adivi yaxshi rol oʻynaydi. Uning ssenariy yozish mahorati ham eʼtiborga loyiq. U Telugu kinosiga yangi ijrolarni kiritishga harakat qildi.“
Manbalar
uz.wikipedia.org