Aditya-L1
Aditya-L1 quyoshni oʻrganish va tadqiq qilish uchun moʻljallangan avtomatik stansiya boʻlib, Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) va bir qancha Hind ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu qurilma Hindistonning quyosh tadqiqoti uchun moʻljallangan birinchi loyihasi hisoblanadi. Aditya-L1 2023-yil, 2-sentabr sanasida, Hindistonning muvaffaqiyatli Chandraayan-3 loyihasidan 10 kun oʻtib, PSLV C57 raketasi yordamida Hindiston vaqti bilan 11:50 da ochiq kosmosga uchirildi va Yerdan 1.5 million kilometr uzoqlikda joylashgan, L1 lagranch nuqtasi orbitasi tomon yoʻl oldi.
Aditya-L1 missiyasi Yerdan 1500000 km uzoqlikda joylashgan L1 lagranj nuqtasi atrofidagi halo orbitasiga yetib borishi uchun 109 Yer kuni atrofida vaqt ketadi. 1,5 tonna oʻgirlikdagi sunʼiy yoʻldosh turli maqsadlarga ega boʻlgan, jumladan, tojning isishi, quyosh shamoli tezlashishini, toj magnitometriyasini, yaqin UV quyosh nurlanishining kelib chiqishi va monitoringini oʻz ichiga oluvchi yettita yuklarni olib yuradi.
Nomlanishi
"Aditya" Quyoshni ifodalovchi hind xudolari – Surya va Adityas sharafiga nomlangan. „L1“ belgisi Lagranj 1 nuqtasini, kosmik kemaning Quyosh va Yer orasidagi manzilini bildiradi.
Loyiha maqsadi
Aditya-L1 dan koʻzlangan maqsadlar:
Tarixi
Aditya 2008 yil yanvar oyida Kosmik fanlar boʻyicha maslahat kengashi (ADCOS) tomonidan loyihalangan. Dastlab Quyosh tojini oʻrganish uchun koronagrafli Pastki Yer orbitasida (800 km) kichik (400 kg) sunʼiy yoʻldosh sifatida loyihalash koʻzda tutilgan. 2016–2017-moliya yili uchun $36 milliard miqdorida eksperimental byudjet ajratildi. Missiya doirasi kengaytirildi va u Lagrange nuqtasi L1 ga joylashtiriladigan keng qamrovli quyosh va kosmik muhit observatoriyasiga aylandi, shuning uchun missiya „Aditya-L1“ deb oʻzgartirildi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org