Adina Saidahmedova




Adina Saidahmedova – Sharqshunos-tarixchi-arabshunos, falsafa fanlari nomzodi. 1981-yil Buxoro viloyatida tugʻilgan. ToshDSHIning 2004-yil bitiruvchisi.


2005-yildan 2008-yilga Toshkent islom universiteti “Dinshunoslik nazariyasi” ixtisosligi boʻyicha aspirant, 2005-yildan TIU falsafa kafedrasi oʻqituvchisi, 2011-yildan hozirga qadar Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasida ishlab kelmoqda.


Ilmiy yoʻnalishi – islomshunoslik, dinshunoslik nazariyasi, din falsafasi. 30 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.


Asosiy ilmiy ishlari:


Nomz. diss. mavzusi: “Islom falsafasida gnoseologik masalalar talqini (kalom ilmi vakillarining qarashlari misolida)”. – Toshkent, 2010.



1.   Islom falsafasi: oʻtmish va hozirgi zamon // Imom al-Buxoriy saboqlari. –Toshkent, 2005. – № 4. –B.209-211.


2.   Kindiy va Forobiy talqinida bilish masalalari // TIU ilmiy-tahliliy axborotnomasi. –Toshkent, 2006. – № 1. – B.31-34.


3.   Islom falsafasiga oid muhim manba haqida // OʻzR FA A.Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi, Respublika “Yosh manbashunoslar” ilmiy-nazariy anjumani tezislar toʻplami. –Toshkent, 2006. – B.16-18.


4.   Kalom ilmida bilish haqidagi qarashlarning shakllanishi // Sharqshunoslik.–Toshkent: TDSHI, 2006. –№2. – B.110-113.


5.  Islom falsafasida gnoseologik masalalar talqini // Respublika iqtidorli doktorant, aspirant va tadqiqotchilarning ilmiy anjumani materiallari. –Toshkent, 2007. – B.133-135.


6.  Qurʼoni karim – islom falsafasidagi gnoseologik masalalarni oʻrganishda muhim manba // OʻzRFA Sharqshunoslik instituti, U. Karimov nomidagi Respublika “Yosh olimlar” anjumani materiallari toʻplami. – Toshkent, 2007. –B.122-124.


7.  Kalom ilmida gnoseologik masalalarning oʻziga xos xususiyatlari // Oʻzbekiston Milliy universitetining 90 yilligiga bagʻishlangan “Falsafa va ijtimoiy taraqqiyot” nomli ilmiy anjuman materiallari. –Toshkent, 2008. –B.99-101.


8.  “Maʼrifat al-qalb” – tasavvuf falsafasida haqiqatga erishish omili // Xoja Bahouddin Naqshband tavalludining 690-yilligiga bagʻishlangan Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – Buxoro, 2008. – B.97-102.


9.   Islom faylasuflari va mutakallimlari qarashlarida gnoseologik masalalar: umumiylik va farqlar // Falsafa va huquq.– Toshkent, 2008. – №4. - B.72-74.


10.    Sharq va Gʻarb tadqiqotlarida islom falsafasi: muammo va yechim // Sharq falsafasi qadriyatlari va ularning Oʻzbekiston maʼnaviy hayotidagi oʻrni: TDSHI ilmiy maqolalar toʻplami. – 2009. – B.59-64.


11.    Islom falsafasi fanini oʻqitishning manbashunoslik va tarixnavislik masalalari // Nazariy va amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazishda ilgʻor pedagogik usullardan foydalanish. –Toshkent, 2009. – B.137-141.


12.    Islom falsafasi gnoseologiyasiga ratsional yondashuv // Dinshunoslik fanlarining dolzarb muammolari Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. −Toshkent , 2009. - B.73-77.


13.    Dinshunoslik fanlarining metodologik masalalari // Dinshunoslikning dolzarb muammolari Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. −Toshkent, 2010. – B.69-72.


14.   Kalom, ashʼariya, ikki haqiqat nazariyasi, mutakallimlar, muʼtaziliy // Falsafa: Ensiklopedik lugʻat. –Toshkent, 2010. – B.36, 128, 153, 202, 203.


15.   Dinshunoslik bilimlari rivojida din fenomenologiyasining oʻrni // Dinshunoslikning dolzarb muammolari Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. −Toshkent, 2011. – B.45−49.


16.  Missionerlikning ilmiy-nazariy va diniy-teologik asoslari // Islom maʼrifatida dunyoviy va diniy qadriyatlar uygʻunligi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya toʻplami. −Toshkent, 2011. – B.16−21.


17.  Islomshunoslik fani tarixiy taraqqiyotining takomil bosqichlari // Islomshunoslikni rivojlantirishning konseptual masalalari TII Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. −Toshkent, 2011. - B.47−50.


18.  Oʻzbekistonda islomshunoslik fani rivojining ilmiy-uslubiy masalalari // OʻzMU xabarlari. − Toshkent, 2012. − №2. - B.71−73.


19.  Islom maʼrifatida ilmlar tasnifi // Sivilizatsiya kelajagi: falsafiy yondashuv Xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya materiallari toʻplami. –Toshkent, 2012. - B.166-171.


20. Islom ilmida metodologiya masalasi // XXI asr innovatsion intellektual gʻoyalar asri Respublika ilmiy-amaliy seminar materiallari toʻplami. –Toshkent, 2012. - B.93-94.


21. Islom taʼlimotida bilish nazariyasiga oid zamonaviy yondashuvlar // Imom Buxoriy saboqlari. – T., 2014. – №3. – B.66-68.


22.  Islom tafakkur tarixida falsafiy fikr rivoji // Yosh olimlar ilmiy maqolalari toʻplami. – Toshkent, 2014. - B.246-248.








uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz