ADIGEYLAR (Adige) — xalq, Rossiya Federatsiyasining Adigeya Respublikasida yashovchi tub aholi (95 ming kishi). Adigeylar Krasnodar o’lkasining Lazareve va Tuapse tumanlarida yashaydi. Umumiy soni Rossiya Federatsiyasida 123 ming kishi (1992). Turkiyada ham yashaydi (5 ming kishi). Adigeylar yevropeoidlar irqiga mansub. Adigey tiyaiaya so’zlashadi. Diniy e’tiqodiga ko’ra musulmon-sunniylar. Adigeylar ilgari novdalardan chetansimon to’qilib loy bilan suvalgan uy (saklya)larda yashaganlar. Kiyimlari Kabardin kiyimlariga o’xshash. Adigeylar o’z adabiyotiga ega. Adigeylar dehqonchilik, chorvachilik, bog’dorchilik bilan shug’ullanadi, sanoat korxonalarida ishlaydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish