Adhamjon Ergashev






Adhamjon Abdullajon ugli Ergashev (1999-yil 12-martda tugʻilgan, Namangan) — oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi, 2018-yilgi Osiyo oʻyinlari va 2014-yilgi ikkinchi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari gʻolibi.



Sportdagi faoliyati



Adhamjon Ergashev 1999-yil 12-martda Namangan viloyatida tugʻilgan. 2016, 2018 va 2019-yillarda oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni boʻldi.


2014-yilda oʻtkazilgan ikkinchi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarida u bronza medalini qoʻlga kiritadi.


2015-yilda Xyustondagi jahon chempionatida u yakuniy 19-oʻrinni egalladi. Ergashev ikki yildan keyin Anaxaymda u 62 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida siltab koʻtarishda kichik bronza medali sohibiga aylanadi.


2018-yilda Jakartada oʻtkazilgan Yozgi Osiyo oʻyinlarida 62 kilogramm vazn toifasida bronza medalini qo'lga kiritadi.


2018-yilning noyabr oyi boshida Ashxobodda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 62 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida oʻzbekistonlik sportchi yakuniy oltinchi oʻrinni egallaydi.


2019-yil sentyabr oyida Pattaya shahridagi  jahon chempionatida Adhamjon 67 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida tosh koʻtarishda (328 kg) kichik bronza medaliga sazovor bo'ladi. Yakuniy bayonnomada esa toʻrtinchi boʻldi.


Tokiodagi Olimpiada oʻyinlarida 67 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasidagi ogʻir atletikachi Adhamjon Ergashev uzoqni koʻzlay olmadi, chunki saralash dasturida u faqat oltinchi natijani qayd etdi.


Oradan vaqt o'tib, 2021-yilda u “Shuhrat” medali bilan taqdirlanadi.



Asosiy natijalari








Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz