Adham Shodmonov
Adham Xursanboyevich Shodmonov (1965-yil 29-noyabr, Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek iqtisodchisi, huquqshunos, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.
Tarjimai holi
Adxam Shadmanov 1965-yil 29-noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1989-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini, 2001 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
1989-1998-yillarda Samarqand viloyati xalq xo‘jaligi tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
1998-2005-yillarda Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi tizimida rahbar lavozimlarida ishlagan. 2005-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.
2005-2015-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, qo‘mita raisi o‘rinbosari, spiker o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
2015-yildan buyon Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiyot masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Mukofotlari
,,Do‘stlik" ordeni — 2006-yil.
Manbalar
uz.wikipedia.org