Adham Ahmadboyev
Ahmadboyev Adham Akromovich (oʻzbekcha: Аҳмадбоев Адҳам Акромович, Axmedbaev Adxam Akramovich; 1962-yil 14-fevral, Toshkent) — 2013-2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, 2017-yilda Oʻzbekiston Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar boʻyicha Davlat maslahatchisi.
Biografiyasi
Ichki ishlar idoralaridagi faoliyatini 1984-yilda Toshkent shahar Shayxontohur (sobiq oktyabr) tumani militsiyasida uchastka noziri lavozmidan boshlagan.
1989-yildan 2004-yilgacha Toshkent viloyati va Toshkent shahri Ichki ishlar idoralarida turli lavozimlarda ishlagan.
2004-2005 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy tarkib boʻyicha maxsus inspeksiyasi boshligʻi.
2005-2006 yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining masʼul xodimi.
2006-2011 yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.
2011-2013 yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti.
2013-yildan 2017-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri.
2017-yil 4-yanvardan 1-martgacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi.
2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasida kafedra mudiri.
Oilasi
Otasi — Ahmadboyev Akrom Gʻulomovich, Sanoatkontexnazorat raisi boʻlgan. Qudasi Shodiyev Abdukarim Abdurahmonovich — 1999-yildan 2018-yilgacha Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi rahbari boʻlgan. 2018-yil 9-fevralda qamoqqa olingan. Uning keyingi taqdiri jamoatchilikka nomaʼlum.
Ikki nafar farzandi bor.
Manbalar
Yana qarang
uz.wikipedia.org