ADGEZIYA



ADGEZIYA (lotincha adhaesio — yopishish) — yuzalari bir-biriga tegib turuvchi har xil jinsli qattiq yoki suyuq jismlar (fazalar)ning molekulalararo ta’sirlashuv natijasida o’zaro yopishib qolishi. Bir xil jinsli jismlar orasidagi Adgeziya kogeziya ataladi. Adgeziya detallarni yelimlab, payvandlab va kavsharlab biriktirishda, loklash va bo’yoq surkashda keng qo’llaniladi. Adgeziya tufayli galvanik qoplamalar, oksid pardalar hosil qilish mumkin.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz