Aderinsola Eseola
Aderinsola Khabib Eseola (talaffuzi: Aderinsola Xabib Eseola) (1991-yil 28-iyunda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbolchi, Bolgariyaning birinchi ligasi „Xebar“ klubida hujumchi sifatida oʻynaydi. Xalqaro maydonda Ukraina terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Faoliyati
Uning otasi nigeriyalik, onasi esa ukrainalik. U „Polisya Jitomir“ va "Dinamo Kiev" (zaxira) jamoalarida oʻynagan. 2011-yilning kuzida u HinterReggio Calcioga koʻchib oʻtgan.
Desna Chernihiv
2015-yilda u Ukraina birinchi ligasida Chernigovning asosiy klubi Desna Chernigovga oʻtgan va u yerda 15 oʻyin oʻtkazib 5 gol urgan. U jamoada o'zini ko'rsatishda davom etgan.
Arsenal Kiev (ijara)
2017-yilda u ijara asosida Kievning „Arsenal“ klubiga oʻtgan va u yerda 11 ta oʻyin oʻtkazib, 7 ta gol urgan. Bir mavsumda urgan 7 ta golidan keyin u klub tarixiga kirgan.
Aqjayik (ijara)
2018-yilda u „Aqjayik“ga ijaraga oʻtgan va u yerda 13 ta oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urgan.
Qayrat
2018-yilning 6-iyunida Eseola Qozogʻiston Premyer-ligasining "Qayrat" klubi bilan 18 oylik shartnoma imzolagan. 2019-yilning 14-noyabrida Eseola „Qayrat“ bilan yangi ikki yillik shartnoma imzolagan. U 2020-yilgi mavsumda Qozogʻiston Premyer-ligasida gʻolib chiqgan.
Vorskla Poltava
2021-yilning yozida u Ukraina Premer-ligasida Poltavaning „Vorskla“ klubiga oʻtgan. Aderinsola u yerda 2 ta oʻyin oʻtkazgan va 2022-yil yanvarida klubni tark etgan.
Hebar Pazardjik
2022-yil iyul oyida u Hebar Pazardjik jamosi bilan shartnoma imzolagan.
Faoliyat statistikasi
Klub
Manbalar
uz.wikipedia.org