Adenogipofiz
Adenogipofiz — endokrin sistemaning asosiy organi hisoblangan gipofizning oldingi bezli qismi boʻlib, neyrogipofiz bilan birgalikda gipofizni tashkil etadi. Adrnogipofiz stress, oʻsish, koʻpayish va laktatsiya kabi bir qancha fiziologik jarayonlarni tartibga soladi. Bu jarayonlarni oʻzi ishlab chiqaruvchi oʻnga yaqin garmonlar orqali amalga oshiradi.
Tuzilishi
Gipofiz bezi turk egarchasi deb ataladigan suyak bilan himoyalangan. U uchta boʻlakdan iborat: oldingi, oraliq va orqa boʻlaklar. Koʻpgina hayvonlarda bu boʻlaklar yaqqol ajralib turadi. Biroq, odamlarda oraliq boʻlak noaniq boʻlib, koʻpincha gipofizning oldingi boʻlagiga qoʻshib oʻrganiladi. Gipofizning oldingi - adenogipofiz va orqa - neyrogipofiz qismlari tuzilish tarkibi boʻyicha ham farq qiladi, adenogipofiz bezli hujayralardan iborat boʻlsa, neyrogipofiz nerv hujayralaridan tashkil topadi.
Adenogipofiz quyidagi uch qismdan iborat:
Pars distalis
Pars distalis (distal qism) oldingi gipofizning katta hajmini egallaydi va bu yerda gipofiz gormonlarining aksari ishlab chiqariladi. Pars distalis ikki turdagi hujayralarni oʻz ichiga oladi, xromofob hujayralar va xromofil hujayralar. Xromofillarni yana atsidofillarga (alfa hujayralari) va bazofillarga (beta hujayralarga) boʻlish mumkin.
Pars tuberalis
Pars tuberalis (naychali qism) pars distalisdan yuqoriga cho‘zilgan g‘ilofning bir qismini hosil qiladi, u gipofiz sopi bilan (shuningdek, infundibulum deb ham ataladi) orqa bo‘lakdan kelib chiqadi. (Gipofiz sopi yaʼni infindibulum gipotalamusni orqa gipofiz bilan bogʻlaydi). Pars tuberalisning vazifasi yaxshi oʻrganilmagan. Biroq, pars tuberalis
fotoperiodizm (kun uzunligi) haqida xabardor qilishi maʼlum. Ushbu qism epifiz beziga uzatadigan fotoperiodizm ma'lumotlariga javoban epifiz
melatonin garmonining sekretsiyasini amalga oshiradi. Ilgari olib borilgan tadqiqotlar ushbu qismda melatonin retseptorlari lokalizatsiyasini koʻrsatdi.
Pars intermedia
Pars intermedia (oraliq qism) pars distalis va neyrogipofiz oʻrtasida joylashgan boʻlib, oldingi va orqa gipofizlar orasidagi chegarani hosil qiladi. Odamlarda bu qism juda kichik va noaniq.
Rivojlanishi
Adenogipofiz ektodermadan, aniqrogʻi, embrionda rivojlanayotgan
qattiq tanglay ning bir qismi boʻlgan Ratke xaltasidan hosil boʻladi.
Vazifasi
Adenogipofizda besh turdagi endokrin hujayra mavjud boʻlib, ular chiqaradigan gormonlar quyidagicha:
somatotrop garmoni (GH);
laktotrop (PRL); gonadotrop (LH va FSH); kortikotrop (ACTH) va tireotrop (TSH).
Klinik ahamiyati
Faoliyatning oshishi
Giperpituitarizm - bu gipofiz bezidan koʻp miqdorda garmonlar chiqariladigan holat. Ushbu gipersekretiya koʻpincha gipofiz adenomasi (oʻsma) holatida kuzatiladi. Masalan, akromegaliya gipofiz adenomasi natijasida oʻsish gormoni (somatotrop/GH) ning ortiqcha sekretsiyasi natijasida yuzaga keladi. Bu kasallik deformatsiyalarga va hatto oʻlimga sababchi boʻlishi mumkin. Gipofiz oʻsmasining eng keng tarqalgan turi prolaktinni yuqori darajada sekretsiyalovchi prolaktinomadir. Uchinchi turdagi gipofiz adenomasi ortiqcha ACTH ni chiqaradi, bu esa oʻz navbatida kortizolning ortiqcha ajralishiga olib keladi va
Kushing kasalligi ning sababi hisoblanadi.
Faoliyatning pasayishi
Gipopituitarizm oldingi gipofiz bezidan ajralib chiqadigan gormonlar sekretsiyasining kamayishi bilan tavsiflanadi. Masalan, balogʻatga yetgunga qadar GH ning giposekretsiyasi boʻy oʻsmay qolishi yaʼni gipofizar pakanalikka sababi boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, ikkilamchi buyrak usti bezi yetishmovchiligi ACTH ning giposekretsiyasi tufayli yuzaga kelishi mumkin, bu oʻz navbatida buyrak usti bezi faoliyati pasayishiga olib keladi. Bu holat esa hayot uchun xavfli. Gipopituitarizm adenogipofiz yoki uning biror qismini miya shikastlanishi, oʻsmasi, sili yoki sifilis holatlarida jarrohlik usulida olib tashlanganda kelib chiqishi mumkin. Ilgari bu kasallik Simmonds kasalligi deb atalgan, ammo hozirda "Xalqaro Kasalliklar Ma'lumotlar Bazasi"ga koʻra
Sheehan sindromi deb ataladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org