ADENAUER
ADENAUER Konrad (1876.5.1, Kyoln — 1967.19.4, Bonn) — Germaniya Federativ Respublikasi davlat arbobi. 1917-33 yillarda Kyoln shahrining oberburgomistri. 1920-32 yillarda Prussiya davlat Kengashining raisi. “Markaz” katolik partiyasining arbobi. 1946 yil (dastlab, Angliyaning Germaniyadagi okkupasiya zonasida, so’ngra butun G’arbiy Germaniyada) tuzilgan xristian-demokratlar Ittifoqi (XDI) partiyasining raisi, Germaniya Federativ Respublikasi kantsleri (Bosh vaziri 1949-63; 1954-55 yillarda u tashqi ishlar vaziri lavozimida ham bo’lgan). Adenauer 1954 yil Parij bitimlariga imzo chekib, Germaniya Federativ Respublikasining NATO ga a’zo qilib olinishiga erishdi. Adenauer nomida xalqaro jamg’arma mavjud.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz