Adeleyd (daryo)






Adeleyd (inglizcha: Adelaide River) — Avstraliyadagi kema qatnovi mavjud boʻlgan daryo hisoblanib, mamlakatning shimoliy hududi orqali oqib oʻtadi va Darvin shahridan 50 km shimoli-sharqda Timor dengiziga quyiladi. Uning uzunligi — 180 km ni tashkil etadi.


U ikki daryoning qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Manbaning mutlaq balandligi 149 m..


Adeleyd daryosida kichik Adeleyd-River nomli kichik shaharcha mavjud.


Adeleyd daryosi Jon Lort Stoks va L. R. Fitsmoris tomonidan, 1839-yilda "Beagle" kemasida Shimoliy hudud qirgʻoqlarini oʻrganish boʻyicha tadqiqot oʻtkazish paytida kashf etilgan. Sayohatchilar daryoni Britaniya qiroli Uilyam IV ning rafiqasi Adelaid Saksen-Mayningen sharafiga nomlashgan. Keyinchalik, 1862-yilda Jon Makdouell Styuart tomonidan daryo qayta oʻrganilgan (inglizcha: John McDouall Stuart).


Tuproqning unumdorligi yuqori boʻlganligi sababli, 1881-yilda koʻchmanchilar sugʻoriladigan dehqonchilikka oʻtib, qahva, shakarqamish, kauchuk yetishtirishga harakat qilishdi. Biroq 1886-yildagi ogʻir iqlim sharoiti tufayli ushbu hudud tashlab ketilgan. 1954-yilda guruch yetishtirishga urinib koʻrishdi, ammo barcha harakatlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi.


Daryoda zaharli ilonlar mavjud.


Daryo subekvatorial zonada joylashganligi sababli, unda ikki mavsum mavjud: quruq va nam. Quruq mavsumda u yuqori oqimlarda quriydi va quyi oqimlarda sayoz boʻladi va aksincha, nam mavsumda tropik yomgʻir tufayli quyiladi.



Manbalar




Adabiyot









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz