Addison kasalligi
Bronza kasalligi , Addison kasalligi — buyrak usti bezi poʻstloq qavati faoliyatining buzilishi oqibatida kelib chiqadigan kasallik; birinchi boʻlib ingliz vrachi T. Addison tasvirlab bergan (1849). Asosan 20—40 yashar kishilarda uchraydi; kasallikka buyrak usti bezi oʻsmasi, sil, zaxm, amiloidoz va boshqa sabab boʻladi. Bronza kasalligi astasekin avj oladi, darmonsizlik, tez toliqish, gipotoniya (qon bosimining tushib ketishi), bosh ogʻrigʻi, xotiraning susayishi, organizmda suvtuz almashinuvining buzilishi kuzatiladi. Gormonlar bilan davolash, bemorning ovqati osh tuzi va vitaminlarga boy boʻlishini taʼminlash kasallikning ancha yengil kechishiga olib keladi.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org