ADAPTOMETR



ADAPTOMETR (lotincha adapto — moslashtiraman, Yunoncha metreo — o’lchayman) — ko’zning yorug’lik sezish darajasini o’lchaydigan asbob. Bemorda yorug’lik sezgisini uyg’otadigan darajadagi minimal yorug’lik oqimini topishga asoslangan. Adaptometrdan ko’zning ba’zi fiziologik tavsifini o’rganishda foydalaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz