ADAMS



ADAMS (Adams) (1722.27.9 -1803.2.10) — Amerika siyosiy va davlat arbobi va publitsisti, Angliyaning shimoliy Amerikadagi mustamlakalarida ozodlik kurashi tashkilotchilaridan biri. “Ozodlik o’g’lonlari” inqilobiy tashkiloti rahbari. 1-kontinental Kongressni (1774) chaqirish tashabbuskorlaridan. Adams Bostonda muxbirlar komitetini tuzdi (1772). Undan o’rnak olib Angliyaning Shimoliy Amerikadagi hamma mustamlakalarida ham shunday tashkilotlar tuzildi. Bular inqilobiy kurash markazlari va mustaqillik urushi davri (1775 — 83) da mahalliy inqilobiy hokimiyat kurtaklari edi. Adams 1794 — 97 yillarda Massachusets shtatining gubernatori.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz